AQŞning prezidentining milliy xavfsizlik böyiça maslahatçisi Mayk Uols Signal messenjeridan Rossiya—Ukraina uruşini tinç yöl bilan hal etiş masalasini muhokama qilişda ham foydalangan. Bu haqda The Wall Street Journal ikki nafar amerikalik amaldorga tayanib xabar berdi.

Ularning sözlariga köra, Uols AQŞ hukumati a’zolari bilan Signal’da milliy xavfsizlik uçun muhim va maxfiy bölgan bir neçta çatlarni yaratgan hamda ularni boşqargan. Uşbu çatlarda, xususan, Vaşingtonning Moskva va Kiyev örtasidagi vositaçilik sa’y-harakatlari hamda harbiy missiyalar muhokama qilingan. Biroq manbalar bu çatlarda maxfiy ma’lumotlar bölgan-bölmaganini aniqlik kiritmagan.

WSJ’ning yozişiça, husiylarga zarbalar beriş masalasi muhokama qilingan Signal’dagi çatga tasodifan The Atlantic boş muharriri Jyeffri Goldberg qöşib qöyilganiga boğliq mojarodan keyin Uols AQŞ prezidenti Donald Trampga nisbatan ta’sirini yöqota boşlagan.

Gazeta suhbatdoşlarining sözlariga köra, Tramp nazarida maslahatçining eng katta xatosi çatni yaratişi yoki maxfiy ma’lumotlarni muhokama qilgani emas, balki Uolsda Jyeffri Goldbergning telefon raqami bölganida.

Goldberg 24 mart kuni tasodifan AQŞning husiylarga qarşi operatsiyaga oid rejalari muhokama qilingan çatga qöşilib qolganini ma’lum qilgandi. Çatda 18 kişi bölgan, ular orasida Uols, Xegset, davlat kotibi Marko Rubio, vitse-prezident Jyey Di Vens va Oq uyning boşqa vakillari ham bor. Pentagon rahbari uşbu çat orqali harbiy rejalar yuborilganini rad etdi. Milliy xavfsizlik böyiça maslahatçi sodir bölgan voqea böyiça mas’uliyatni öz zimmasiga oldi, biroq Goldbergni tanimasligini va uning raqami ham özida bölmaganini ta’kidladi. AQŞ prezidenti Donald Tramp Uols bundan xulosa çiqarganini ma’lum qildi.