AQŞ prezidentining milliy xavfsizlik böyiça maslahatçisi Mayk Uols mart oyida The Atlantic jurnali boş muharriri Jyeffri Goldbergni Signal messenjeridagi Yaman husiyçilariga hujum muhokama qilingan yopiq çatga qöşişiga bir neça oy oldin uning telefon raqamini ayfondagi yon daftarçasida boşqa odam nomi bilan saqlab olgani sabab bölgan. Bu Oq uy tomonidan ötkazilgan içki tekşiruv davomida ma’lum böldi, deb xabar berdi The Guardian naşri 6 aprel kuni manbalarga tayanib. Ma’lumotni CBS News manbalari tasdiqlagan. Oq uy bunga izoh bermadi.

Oq uyning axborot texnologiyalari bölimi tomonidan ötkazilgan içki tergov «2024 yilgi kampaniya paytida boşlangan va Uols ötgan oyda guruh çatini yaratmagunça e’tibordan çetda qolgan xatoliklar seriyasini aniqladi», deb yozadi The Guardian.

Içki tergov natijalaridan xabardor manbalar aytişiça, hammasi Jyeffri Goldberg 2024 yil oktyabr oyida Donald Trampning saylovoldi ştabidan yarador harbiylar haqidagi sözlari uçun Tramp tanqid qilingan maqolaga izoh berişni söraganidan boşlangan.

Keyinçalik, manbalarga köra, voqealar quyidagiça rivojlangan:

  • Trampning saylovoldi ştabi Goldbergning xatini Trampning öşa paytdagi matbuot kotibi Brayan Hyuz nomiga yuboradi;
  • Hyuz Goldbergning xatini, jumladan, jurnalistning telefon raqami yozilgan qismini köçirib oladi va uni maqola tayyorlanayotganidan xabardor qiliş uçun Mayk Uolsga yuboradi;
  • Uolsning ayfoni esa smsda körsatilgan Goldbergning telefon raqamini Brayan Hyuzning yangi raqami sifatida saqlab qoladi.

Şundan söng, CBS News qayd etişiça, Uols muntazam ravişda Hyuz bilan qönğiroqlaşgan va xabarlar almaşgan. Şu bilan birga, Uolsning telefoni u mart oyida Saudiya Arabistonining Jidda şahriga kelguniga qadar Goldberg va Hyuzning raqamlarini çalkaştirmagan (AQŞ u yerda Rossiya va Ukraina bilan muzokaralar olib borgandi). Tergov şuni körsatdiki, Uols ham, Hyuz ham Goldberg bilan töğridan töğri aloqada bölmagan.

Uols 13 mart kuni Milliy xavfsizlik kengaşi vakili lavozimini egallab turgan Hyuzni Signal messenjeridagi yuqori martabali amerikalik rasmiylar husiyçilarga hujumni muhokama qilgan çatga qöşmoqçi böladi, ammo buning örniga Goldbergni taklif qiladi. Çatga Goldberg JG initsialida kirgan, biroq Tramp jamoasi a’zolaridan heç biri buni payqamagan, dedi manbalar. CBS News suhbatdoşlaridan birining sözlariga köra, The Atlantic öz materialini naşr etişdan bir neça soat oldin izoh oliş uçun Oq uyga murojaat qilmagunça, ma’muriyat Goldberg maxfiy çatda bölganini bilmagan.