AQŞ prezidenti Donald Tramp Signal messenjeridagi nosozlik AQŞning yuqori martabali amaldorlari husiyçilarga zarba beriş masalasini muhokama qilgan yopiq suhbatdan ma’lumotlar sizib çiqişiga sabab bölgan bölişi mumkinligini aytdi, deb yozadi The New York Post.
«Menimça, Signal notöğri işlagan bölişi mumkin, rostini aytsam, bu notöğri platforma bölişi mumkin va biz buni aniqlaşimiz kerak», dedi Tramp.
Uning sözlariga köra, milliy xavfsizlik böyiça maslahatçisi Mayk Uolts sodir bölgan voqea uçun mas’uliyatni öz zimmasiga olgan va Pentagon rahbari Pit Xegsetning «bu işga heç qanday aloqasi yöq».
24 mart, duşanba kuni The Atlantic boş muharriri Jyeffri Goldberg begona raqam orqali AQŞ amaldorlarining yopiq çatiga kirib qoldi.
Jurnalistning sözlariga köra, hukumat a’zolari yamanlik husiyçilarga qarşi harbiy operatsiyani muhokama qilgan. Uning sözlariga köra, Uolts uni çatga 13 mart kuni, AQŞ hukumati Yaman isyonçilariga qarşi harbiy amaliyotlar boşlanganini e’lon qilişidan ikki kun oldin qöşgan.
Xegset çatda qandaydir harbiy rejalar e’lon qilinganini rad etdi. Goldberg vazirning bayonotini yolğon deb atadi.
AQŞ 15 va 16 mart kunlari Yamanga qator zarbalar berdi. Ular husiyçilar nazoratidagi poytaxt Sano va uning atrofida, şuningdek, mamlakat şimolidagi Saada viloyati va Hodeyda portiga kelib tuşdi. Guruhning ma’lum qilişiça, AQŞ hujumi oqibatida 53 kişi halok bölgan, 100 dan ortiq kişi jarohatlangan.












