Myanmadagi kuchli zilzila oqibatida 694 kishi halok bo‘ldi, 1670 kishi jarohatlandi, deb yozadi TASS Agence France-Presse'ga tayanib.
Mahalliy hokimiyat ma’lumotlariga ko‘ra, 28 mart kuni qayd etilgan kuchli silkinishlar deyarli butun mamlakat bo‘ylab vayronagarchiliklarga sabab bo‘lgan. Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, ko‘plab turar joy binolari, ma’muriy binolar va shifoxonalar qulagan.
28 mart kuni ertalab Myanma markazida 7,7 magnitudali kuchli zilzila yuz berdi, uning episentri Mandalay shahri yaqinida joylashgan. Mamlakatda bir qator binolar shikastlangan, ko‘plab odamlar kasalxonaga yotqizilgan. Yer silkinishlari Irravadi daryosi ustidagi ko‘prikning qulashiga va tarixiy Mandalay saroyining qisman vayron bo‘lishiga olib keldi. Rasmiylar favqulodda holat e’lon qildi.
Rasmiylar oltita hududda favqulodda holat e’lon qildi: Sikayn, Mandalay, Pegu, Mague, sharqiy Shan shtati va poytaxt Neypidoda. Myanma bosh vaziri, general Min Aun Xlayn xalqaro hamjamiyatni yordam berishga chaqirdi.
















