Yaponiyaliklarga mamlakatdagi eng baland vulqon — Fuji otilgan taqdirda ikki haftalik oziq-ovqat, suv va eng zaruriy buyumlar zaxirasini tayyorlab qöyiş, şuningdek, imkon qadar uydan çiqmaslik tavsiya qilindi. CNN’ning ma’lum qilişiça, hukumat körsatmasida keltirilgan uşbu tavsiyalar Tokio universiteti mutaxassislari iştirokida tayyorlangan.
Mutaxassislarning hisob-kitobiga köra, Fuji vulqonining kuçli otilişi natijasida 1,7 milliard metr kub kul atmosferaga çiqarilişi, şuning 490 million metr kubi yöllar, binolar, dalalar va örmonlarni qoplaşi mumkin. Ba’zi joylarda kul qatlami qalinligi 30 santimetrdan oşişi ehtimoli bor.
Agar bu kabi qalinlikdagi kul yoğoçdan qurilgan binolarni qoplasa, ular qulab tuşişi mumkin. Şu sababli mutaxassislar yoğoç uylarda yaşovçilarga bunday holatlarda xavfsiz joylarga evakuatsiya qilinişni tavsiya qilgan. Fuji vulqonining ehtimoliy otilişidan yetadigan zarar hajmi 2,5 trillion iyenaga (16,6 milliard dollar) baholanmoqda.
Hozirça Fuji vulqonining uyğonişiga oid heç qanday belgi yöq, biroq u faol vulqon hisoblanadi. Sönggi marta Fuji taxminan 300 yildan köproq vaqt oldin otilgan. Bu hodisa tarixga «Xoey davridagi buyuk otiliş» nomi bilan kirgan va 27 kun davom etgan.
Avvalroq Havayida 2024 yil oxirlarida harakatga kelgan Kilauea vulqonining otilişi davom etayotgani, 25 mart kuni vulqon lavalari 200 metrdan ortiq balandlikka otilgani töğrisida xabar berilgandi.













