Yevrokomissiya Yevropa kelajagi va texnologik suvereniteti uçun strategik ahamiyatga ega bölgan muhim texnologiyalarni joriy etişga 1,3 milliard yevro ajratilişini e’lon qildi.
Mazkur investitsiyalar 2025–2027 yillarga möljallangan «Raqamli Yevropa» (DIGITAL) dasturi doirasida amalga oşiriladi. Dastur sun’iy intellektni (SI) keng joriy etiş, kiberbarqarorlik va raqamli könikmalarni rivojlantirişga yönaltirilgan.
Qayd etilişiça, mablağlar, xususan, biznes va davlat sektori uçun generativ sun’iy intellekt modellarini işlab çiqadigan «SI fabrikalari» taşabbusini röyobga çiqariş böyiça muhim çoralarga yönaltiriladi.
Yevrokomissiya mablağlari, şuningdek, Yevropa raqamli innovatsiyalar markazlarini qöllab-quvvatlaşga, şifoxonalar va suvosti kabellari kabi muhim infratuzilmalar kiberxavfsizligini kuçaytirişga hamda YeIdagi öquv muassasalarining raqamli könikmalar böyiça salohiyatini oşirişga sarflanadi.
DIGITAL dasturida iştirok etiş uçun loyihalar tanlovi 2025 yil aprel oyida e’lon qilinişi rejalaştirilgan.












