Politsiyaçilar harbiy komissariat xodimlari hamrohligida Moskva şahri janubi-şarqida joylaşgan fitnes-klubda çaqiruv yoşidagi erkaklarni örab oldi, deb xabar beradi Msk1.ru.
Naşr ma’lumotiga köra, reyd 27 mart kuni keçqurun Lyublinskaya köçasidagi «Marino» metro bekati yaqinidagi «Mariel» savdo markazida joylaşgan Spirit Fitness tarmoği klublaridan birida ötkazilgan.
Fitnes-klub mijozlaridan biri jurnalistlarga aytişiça, kuçişlatar tuzilmalar xodimlari klubga kelganlarni yuztuban qilib yotqizgan, odamlar 15 daqiqaga yaqin yotişgan, keyin zaldan voyaga yetmaganlar va ayollar çiqarib yuborilgan, qolgan erkaklar esa etnik kelib çiqişiga köra ajratilgan hamda ularning pasportlari tekşirilgan.
«Bu yerda OMON. Bizni şunçaki polga yotqizişdi, yuzimiz bilan polga qarab yotdik. Xullas, bizni turğizişdi, devorma devor ajratişdi. U tomonda rus bölmaganlar, bu tomonda ruslar. Men nima bölayotganini tuşunmayapman», — degan reyd vaqtida video olişga ulgurgan guvohlardan biri.
Uning sözlariga köra, barça erkaklar harbiy komissariat xodimiga yönaltirilgan, u ulardan pasport ma’lumotlari va harbiy majburiyat töğrisidagi ma’lumotlarni tekşirgan. Yonida heç qanday hujjati bölmaganlarga çaqiruv qoğozi berilib, ehtimoliy çaqiriluvçining maqomiga aniqlik kiritilgan.
Naşrning Spirit Fitness fitnes-klublar tarmoğidagi manbasi bu haqdagi ma’lumotni tasdiqlagan. «Menga ma’lum bölişiça, bu nafaqat uşbu fitnes-klubda, balki boşqa klublarda ham sodir bölmoqda. Va umuman olganda, nafaqat fitnes-klublarda. Aprel yaqinlaşib qoldi. Hali harbiy xizmatga çaqiruv boşlanadi», – degan Msk1.ru suhbatdoşi. Tarmoq rahbariyati rasmiy izoh berişdan boş tortgan.
2025 yil boşidan Rossiyada migrantlarga qarşi reydlar köpaydi, ular boşqa jamoat joylari bilan bir qatorda sport klublarida ham ötkazila boşlandi. Tintuvlar natijasida politsiya noqonuniy muhojirlarni deportatsiya qiladi, Rossiya fuqaroligini olganlarga esa harbiy komissariatga çaqiruv qoğozlari beriladi.














