AQŞ prezidenti Donald Tramp uçinçi muddatga saylanişini istisno etmadi. 30 mart, yakşanba kuni NBC telekanaliga bergan intervyusida u «köp odamlar buni xohlaşini» va buni amalga oşirişga imkon beradigan «usullar borligini» aytdi. «Ammo oldimizda uzoq yöl bor. Men bor e’tiborimni hozirgi daqiqaga qaratganman», — deya qöşimça qildi u. Biroq telekanal intervyu yozuvini e’lon qilmadi, stenogrammadan parçalar bilan çeklandi.

Tramp hokimiyatda qoliş uçun qanday aniq usullardan foydalanişi mumkinligi haqidagi savolga javob bermadi. Biroq u jurnalist tomonidan aytilgan versiyani inkor etmadi, unga köra AQŞning amaldagi vitse-prezidenti Jyey Di Vens 2028 yilda bölib ötadigan prezidentlik saylovlarida ğalaba qozonadi va keyin bu lavozimni Donald Trampga topşiradi.

Tramp yangi bojlar joriy etişi mumkin 

AQŞ bir neça hafta içida mis importiga bojlar joriy qilişi mumkin. Bu haqda Bloomberg axborot agentligi manbalarga tayanib xabar berdi.

«Ma’muriyat (AQŞ prezidenti Donald Tramp) tezkor tekşiruv ötkazmoqda va qaror 270 kunlik muddat tugaşidan ança oldin qabul qilinişi mumkin», — dedi agentlikka manbalardan biri.

Bloomberg ta’kidlaganidek, fevral oyida Amerika rahbari AQŞ Savdo vazirligiga misga bojlar joriy etiş imkoniyatini körib çiqiş va 270 kun içida hisobot taqdim etişni topşirgan.

24 mart kuni Tramp Qöşma Ştatlar 2 apreldan boşlab Venesueladan neft yoki gaz sotib oluvçi davlatlarga 25 foizlik import bojlari joriy etişni rejalaştirayotganini aytdi.

U buni «ikkinçi darajali bojlar» deb atadi. Oq uy rahbarining qayd etişiça, bu çoralar Venesuela, uning ta’biri bilan aytganda, jinoyatçilar va xalqaro jinoiy guruhlar a’zolarini AQŞga jönatgani uçun joriy etilmoqda.

17 mart kuni Tramp Qöşma Ştatlar 2 apreldan istisnolarsiz pölat va alyuminiyga bojlar joriy etişini ma’lum qildi. Uning ta’kidlaşiça, bojxona tölovlari bir xil böladi va boşqa davlatlar Amerika tovarlari importidan undiradigan soliqlar bilan teng böladi.