Qöşmaçilik va fohişaxona saqlaş jinoyati uçun 5 yil 1 oyga ozodlikdan mahrum qilingan ayolni Namangan viloyati sudi sudyasi Avazbek Inomov ozod qilib yuborgani ma’lum böldi. Avvalroq sudya Inomov Pop tumani hokimining öğrilik qilgan öğlini apellyatsiya instansiyasida sud zalidan ozod qilib, “tilga tuşgandi”. U yanvar oyida “Ibratli sudya” mukofoti bilan taqdirlangan.

Namangan viloyati sudining jinoyat işlari böyiça sudyasi Avazbek Inomov xavfli retsidivist, qolaversa, avvalgi jinoyat uçun sud tayinlagan şartli jazo muddatini ötab yurgan qöşmaçini* apellyatsiya instansiya sudida qamoqdan çiqarib yuborgani ma’lum böldi. Kun.uz uşbu jinoyat işi böyiça sud hujjatlarini örgandi.

*Ma’lumot uçun:

Qöşmaçilik – bu manfaatdor şaxslarga jinsiy aloqa qiliş yoxud jinsiy ehtiyojlarini ğayritabiiy usulda qondiriş uçun jinsiy aloqa şeriklarini topişiga yordam kursatişdir.

Foxişaxona saqlaş – bu uning mijozlariga jinsiy aloqa qilişlari yoki öz jinsiy ehtiyojlarini ğayritabiiy usulda qondirişlari uçun maxsus möljallangan har qanday xonani yoki boşqa joyni haq evaziga berişidir.

Manba: M.X.Rustambayev, Jinoyat kodeksiga şarhlar, Adolat 2016y 131-bet (TDYuU elektron kutubxonasi)

“Xijoma”dagi intim xizmat

Jinoyat işlari böyiça Namangan şahar sudining 2023 yil 28 sentabrdagi hukmi bilan ikki kişi – 1984 yilda tuğilgan Davronova Jamila Abdusamatovna hamda 1994 yilda tuğilgan Dadabayeva Şohsanam Şuhrat qizi jinoiy jazoga tortilgan.

Hukmda keltirilişiça, xavfli retsidivist (şaxsning ilgari qasddan sodir etgan jinoyati uçun sudlanganidan keyin qasddan yangi jinoyat sodir etişi retsidivist jinoyat deb topiladi) hisoblangan Şohsanam Dadabayeva şerigi Jamila Davronova bilan til biriktirib, faoliyat yuritgan. Ular 2023 yil 25 aprel kuni Yangi Namangan tumanidagi “Xijoma” massajxonasiga kelgan şartli mijozga şu yerdagi işçi bilan 200 ming söm evaziga jinsiy aloqa qilişga şaroit yaratib berişgan. Ular huquqni muhofaza qiluvçi organlar xodimlari tomonidan ötkazilgan tezkor tadbirda uşlangan.