Ummon Sultonligining Oman Air aviakompaniyasiga O‘zbekistonga muntazam aviaqatnovlarni amalga oshirish uchun ruxsatnoma berildi.

"O‘zaviatsiya" agentligi tomonidan 2025 yil 2 aprelida Oman Air aviakompaniyasiga O‘zbekistonga Masqat - Toshkent - Masqat yo‘nalishida muntazam aviaqatnovlarni amalga oshirishda foydalanish ruxsatnomasi rasmiylashtirib berildi.

Bu O‘zbekiston Respublikasi va Ummon Sultonligi o‘rtasida havo qatnovi to‘g‘risidagi hukumatlararo bitimga asosan amalga oshirildi.