Sport | 09:37 / 04.04.2025
4415
3 daqiqa o‘qiladi

Osiyo Kubogi U-17. O‘zbekiston turnirni yirik hisobdagi g‘alaba bilan boshladi

2-turda Xitoy ham mag‘lub etilsa, jahon chempionati yo‘llanmasi qo‘lga kiritiladi.

Foto: O‘FA

Osiyo Kubogi U-17. 1-tur
O‘zbekiston — Tailand 4:1

Gollar: Sadriddin Hasanov (2), Nurbek Sarsenbayev (13), Asilbek Aliyev (80), Abubakr Shukurllayev (85) — Silva Mekses (40). 
O‘zbekiston — Ne’matulloh Rustamjonov, Hojiakbar Botiraliyev (Muhammad Habibullayev, 46), Muhammad Hakimov, Mo‘minxon Bahodirxonov, Sadriddin Hasanov (Azizbek Abdumo‘minov, 77), Nurbek Sarsenbayev (Asilbek Aliyev, 65), Sayfiddin Sodiqov (Jamshid Rustamov, 56), Behruz Saidmurodov (Miraziz Abdukarimov), Muhammadali Musoxonov, Abubakr Shukurullayev, Azizbek Erimbetov.
Chetlatish: Purinat Pulkamlang (54).

Saudiya Arabistonida o‘smirlar o‘rtasida Osiyo Kubogi start oldi. 

O‘zbekiston musobaqani Tailandga qarshi bahs bilan boshlab, yirik hisobda g‘alaba qozondi. Sadriddin Hasanov va Nurbek Sarsenbayevning tezkor gol urishgan bo‘lsa, bellashuv yakunida Asilbek Aliyev hamda Abubakr Shukurullayev ham raqib darvozasini ishg‘ol etishdi.

Guruhning ikkinchi o‘yinida mezbon Saudiya Arabistoni Xitoyni 2:1 hisobida mag‘lub etdi.

Natijada Islom Ismoilov shogirdlari 1-turdan so‘ng to‘plar nisbatiga ko‘ra guruh peshqadamiga aylanishdi. 

6 aprel kuni bo‘lib o‘tadigan 2-turda O‘zbekiston Xitoyga qarshi, Saudiya Tailand bilan maydonga tushadi. Navbatdagi g‘alaba O‘zbekistonni nafaqat chorakfinalga, balki jahon chempionatiga ham olib chiqadi.

O‘zbekiston o‘smirlar milliy jamoasi bosh murabbiyi Islom Ismoilov Osiyo Kubogi U-17 1-turidan o‘rin olgan Tailandga (4:1) qarshi o‘yindanso‘ng o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

«Dastlabki uchrashuv bo‘lgani bois yigitlarda hayajon sezildi. Bu yoshdagi futbolchilarda yuqori darajadagi turnirda birinchi bor ishtirok etayotganliklari bois shunday holat kuzatilishi tabiiy. 

Birinchi bo‘limni yaxshi boshladik. O‘yin avvalida tezkor gol urishga muvaffaq bo‘ldik. Shundan so‘ng futbolchilarimiz xotirjamlikka berilishdi, bu o‘yinga ta’sir qildi. Himoyadan hujumga o‘tishda muammolar yuzaga keldi. Natijada raqibimiz gol urib ketdi. Ikkinchi bo‘limda bir qator o‘zgarishlarga qo‘l urib, kamchiliklarni bartaraf etishga harakat qildik va g‘alabani mustahkamladik. 

Natijadan xursandman, biroq o‘yin sifatidan qoniqmadim. Sababi biz bundan-da yaxshiroq o‘yin ko‘rsata olamiz. Bugungi uchrashuvni tahlil qilib, kelgusi o‘yinlarda sifatli futbol ko‘rsatishga harakat qilamiz», — deya Ismoilovning so‘zlarini keltiradi UFA matbuot xizmati. 

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid