4 aprel kuni Samarqandda Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev «Markaziy Osiyo — Yevropa Ittifoqi» birinçi sammitini kiriş sözi bilan oçib berdi.
Prezident öz nutqi avvalida yiğiliş oldindan aytib bölmaydigan global jarayonlar şaroitida ötayotganini ta’kidladi.
«Bizning uçraşuvimiz jadal va oldindan başorat qilib bölmaydigan global jarayonlar şaroitida ötmoqda.
Biz geosiyosiy ziddiyatlar, xavfsizlik muammolari, yirik mintaqaviy mojarolarning hamda barqaror taraqqiyotga nisbatan ijtimoiy va iqtisodiy tahdidlarning kuçayişiga guvoh bölmoqdamiz.
Ayonki, heç bir mintaqa keng xalqaro hamkorliksiz bu qadar murakkab masalalarni mustaqil holda hal etişga qodir emas.
Şu munosabat bilan ta’kidlaşni istardimki, Markaziy Osiyo va Yevropa Ittifoqi an’anaviy şeriklar bölib, özaro yaqin hamkorlik uçun talab faqat ösib bormoqda. Biz ham Yevropa tomoni kabi xalqaro huquqning tamoyil va me’yorlariga sodiqligimizni bildiramiz.
Ukraina atrofidagi vaziyatni tinç yöl bilan hal etiş böyiça muzokaralar jarayonlari boşlanganini olqişlaymiz va töliq qöllab-quvvatlaymiz. Oldinda juda murakkab va yeçimi oson bölmagan masalalar turganini tuşunamiz.
Biroq diplomatik sa’y-harakatlar va siyosiy qarorlar qabul qilişdan boşqa muqobil yölni biz körmayapmiz», dedi Özbekiston rahbari.

















