AQŞ prezidenti Donald Tramp xorij mahsulotlariga yangi bojlar joriy etilişi bilan boğliq siyosatidan çetlaşmaslik niyatini tasdiqladi.
«Qöşma Ştatlarga keladigan va jiddiy pul sarmoya kiritayotgan barça investorlarga aytaman: Mening yölim heç qaçon özgarmaydi. Bu har qaçongidan ham boyib ketiş uçun ajoyib vaqt!», deb yozdi Tramp ijtimoiy tarmoqda.
Bundan taşqari, Tramp Xitoyning 4 aprel kuni e’lon qilgan javob tariflarini ham tilga oldi.
«Xitoy vahima bilan notöğri qildi va bu ularning manfaatiga töğri kelmaydigan yagona narsa», dedi AQŞ prezidenti.
Tramp 3 aprel kuni AQŞ taşqi savdo hamkorlariga nisbatan «özaro» bojlar joriy etilişini e’lon qildi (röyxatga jami 185 davlat kiritilgan). Bojlarning minimal bazaviy darajasi 10 foizni taşkil qiladi, biroq bir qator mamlakatlar uçun bojlar alohida hisoblanadi. Masalan, Xitoy uçun bojlar 34%, Yevropa Ittifoqi uçun - 20%, Yaponiya uçun - 24% böladi.
Bu qaror Amerika fond bozorida pandemiyadan buyon kuzatilmagan keskin qulaşga olib keldi. Bir soatdan kamroq vaqt içida eng yirik kompaniyalar aksiyalari 2 trln dollarga arzonlaşdi.
4 aprel kuni Xitoy hukumati AQŞ tovarlariga 34 foizlik qöşimça bojlar joriy etişga qaror qilgani haqida xabar berildi. Uşbu çora-tadbirlar 10 apreldan kuçga kiradi.












