Eron öziga nisbatan joriy etilgan sanksiyalar bekor qilinsagina yadroviy dastur böyiça muzokaralar ötkazişga tayyor böladi. Bu haqda mamlakat TIV rahbari Abbos Arakçi ma’lum qildi.
«Eron avvalroq özining yadroviy faoliyati tinç xarakterga ega bölişini ta’minlaş maqsadida Birgalikdagi harakatlar rejasi doirasida bir qator ixtiyoriy qadamlarni qöygan. Ammo AQŞ bir tomonlama tartibda uşbu bitimdan çiqdi», — deya vazirning sözlarini keltiradi Mehr agentligi.
«Endi bunday tajribaga ega bölgan holda, biz yadroviy dastur böyiça muzokaralarni Eronga qarşi despotik sanksiyalarni bekor qiliş asoslangan işonçni mustahkamlaş çoralari evaziga davom ettirişga tayyormiz», — deydi Arakçi.
Uning ta’kidlaşiça, BMT nizomini buzgan holda kuç qöllaş orqali tahdid qilişda davom etayotgan AQŞ bilan töğridan töğri muzokaralar olib borişdan ma’ni yöq. Biroq Arakçi Tehron bilvosita muzokaralar variantini rivojlantirişni xohlaşini qöşimça qildi.
Oldinroq AQŞ prezidenti Donald Tramp Eron oliy rahnamosi oyatulloh Ali Xominaiyga maktub yöllab, ikki oy içida yangi yadroviy bitim tuziş şartini qöygandi. «Agar Eron muzokara qilmasa, bu juda yomon böladi. Eron yadro quroliga ega bölmasligi kerak. Boşqa variantlar ham bor», degan Amerika rahbari. Eron prezidenti Mas’ud Pizişkiyon bunga javob qaytarib, AQŞ bilan yadroviy dastur böyiça töğridan töğri muzokaralarni rad etdi, ammo bilvosita aloqalar örnatiş imkoniyati borligini ma’lum qildi.
Eslatib ötamiz, Eronning yadroviy dasturini çeklaşni nazarda tutgan bitim 2015 yilda bir qator davlatlar – AQŞ, Buyuk Britaniya, Fransiya, Germaniya, Rossiya va Xitoy tomonidan imzolanib, BMT Xavfsizlik Kengaşi rezolyutsiyasi bilan tasdiqlangan edi. 2018 yilda Tramp Eronning yadroviy dasturi böyiça olingan razvedka ma’lumotlariga asoslanib, AQŞni bitimdan bir tomonlama ravişda çiqargan.












