Rossiyaning Sankt-Peterburg şahridan 16 nafar bola Özbekiston Içki işlar vazirligi va Soğliqni saqlaş vazirligi xodimlari hamrohligida vatanga qaytarildi. Bu haqda Ijtimoiy himoya milliy agentligi xabar berdi.
Qayd qilinişiça, Sankt-Peterburg va Moskvadagi Özbekiston konsullik idoralari bolalarni davlat fuqarosi sifatida identifikatsiya qiliş va ularga qaytiş sertifikatlarini rasmiylaştiriş böyiça barça çoralarni körgan.
Hozir bolalar vaqtinça Toşkent şahar IIBB qoşidagi Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam körsatiş markaziga joylaştirilgan.
Markazda ularni ota-onalari va yaqin qarindoşlari «Inson» ijtimoiy xizmatlar markazlari tomonidan oldindan tayyorlangan vasiylik hujjatlari bilan kutib oldi. Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy yordam ularning keyingi yaşaş joylarida ham davom ettiriladi.
Ta’kidlanişiça, bolalarning 11 nafari ota-onalariga, qolganlari esa vasiylik asosida qarindoşlariga topşiriladi.












