Qöşma Ştatlar öz qöşinlarini Ğarbning Ukrainaga harbiy yordami uçun asosiy logistika markazi bölgan Jyeşuv yaqinidagi Yasyonka Polşa harbiy aerodromidan olib çiqilişini e’lon qildi. U yerdagi harbiy xizmatçilar va jihozlar Polşadagi boşqa joylarga köçiriladi, deb xabar berdi AQŞ armiyasining Yevropa va Afrikadagi quruqlikdagi qöşinlarining Visbadenda joylaşgan qömondonligi 7 aprel, duşanba kuni.
Bayonotda aytilişiça, bu harakat harbiy amaliyotlarni tartibga soliş, ittifoqçilarni qöllab-quvvatlaşni yaxşilaş va samaradorlikni oşiriş böyiça kengroq strategiyaning bir qismi bölgan «uzoqdan beri rejalaştirilgan» aksiyadir. Qaror Polşa va boşqa NATO ittifoqçilari rasmiylari bilan kelişilgan.
Qömondon Kristofer Donaxyu, boşqa narsalar qatorida, bu çora «Amerika soliq tölovçilarining ön millionlab dollarlarini tejaşga yordam beradi» dedi. «Uşbu obekt Polşaning doimiy harbiy bazasi emas, lekin uç yil davomida AQŞ, NATO va hamkor kuçlar tomonidan foydalaniladi», — deyiladi bayonotda.
Qömondonlik şuningdek, Polşa janubi-şarqidagi aerodromdan Ukrainaga harbiy yordam körsatişda foydalanişda davom etişini ta’kidladi. Rossiyaning keng kölamli uruşi boşlangandan söng, amerikalik askarlar Yasyonkaga, şu qatorda aerodromni Patriot RQM tizimlari bilan himoya qiliş uçun joylaştirildi. Endi Polşa boşqa NATO ittifoqçilari bilan birgalikda aerodromni himoya qilişni öz zimmasiga oladi. Sönggi oylarda u yerda Germaniya va Norvegiyaning Patrion tizimlari örnatildi.

















