AQŞ prezidenti Donald Tramp ma’muriyati yaqinda yopilgan oziq-ovqat yordami dasturining kamida oltitasini qayta tiklaşga qaror qildi. Bu haqda Reuters vaziyatdan xabardor olti manbaga tayanib xabar berdi.

DOGE vakili, USAID ma’muriyati örinbosari vazifasini bajaruvçi Jyeremi Levin xodimlarga xat yöllab, Livan, Suriya, Somali, Iordaniya, Iroq va Ekvadorda Jahon oziq-ovqat dasturini (WFP) moliyalaştirişni qayta tiklaşni buyurgan. Bundan taşqari, u ilgari işdan böşatilgan xodimlarga xat yöllab, işga qaytişni söragan.

AQŞ ma’muriyati, şuningdek, Tinç okeani mintaqasidagi Xalqaro Migratsiya Taşkilotining törtta dasturini moliyalaştirişni qayta tikladi. Ilgari bekor qilingan yordamning bir qismini qayta tiklaş qarori ma’muriyat va Kongress bosimi ostida qabul qilingan, dedi Reuters agentligiga ikki manba.

WFP 7 aprel kuni Qöşma Ştatlar 14 davlatga şoşilinç oziq-ovqat yordamini moliyalaştirişni töxtatganini ma’lum qildi. «Bu oçlik xavfi ostida qolgan millionlab odamlar uçun ölim jazosi bölişi mumkin», dedi taşkilot.

Qayd etilişiça, hokimiyat tepasida «Tolibon» bölgan Afğoniston va bir qismi Eronga yaqin husiylar harakati nazoratida bölgan Yamanga körsatiladigan yordamni bekor qiliş qarori öz kuçida qolmoqda. AQŞ Davlat departamenti Jahon oziq-ovqat dasturining Afğoniston va Yamandagi mablağlari «Tolibon» va husiylarning pozitsiyasini mustahkamlaşga yordam berayotganidan xavotir bildirdi.