Reuters naşrining yozişiça, Brent markali neft fyuçerslari 1,39 dollarga yoki 2,21 foizga arzonlab, bir barrel uçun 61,43 dollarni taşkil etdi. West Texas Intermediate (WTI) amerikalik neft fyuçerslari esa 1,50 dollarga yoki 2,52 foizga tuşib, 58,08 dollarga tenglaşdi. Ikkala şartnoma ham savdo paytida 4 foizgaça yöqotişga uçradi, ammo keyinçalik bu yöqotişlar qisman töldirildi.

Investorlar neft xomaşyosiga bölgan talabning tuşib ketişi va taklifning ehtimoliy ortişi yuzasidan tobora köproq taşvişga tuşmoqda.

«Xitoyning tajovuzkor javob çoralari dunyodagi ikki eng yirik iqtisodiyot örtasida kelişuv tez fursatda tuzilişi ehtimolini kamaytirmoqda. Bu esa global iqtisodiy pasayiş xavfini kuçaytiryapti. Agar savdo uruşi uzoqqa çözilsa, Xitoyda neft iste’moli kuniga 50–100 ming barrelga kamayişi mumkin. Biroq içki iste’molni rağbatlantirişga qaratilgan qöşimça çoralar yöqotişlarni yumşatişi mumkin», — dedi Rystad Energy kompaniyasining neft tovarlari bozori böyiça vitse-prezidenti Yye Lin.

Neft narxlaridagi pasayişga ötgan haftada qabul qilingan OPEC+ qarori ham ta’sir qildi. Unga köra, may oyidan boşlab kuniga 411 ming barrelgaça qöşimça neft qazib çiqariş rejalaştirilgan. Tahlilçilarning fikriça, bu qaror bozorda ortiqça taklifni yuzaga keltirişi mumkin.