Vazirlar Mahkamasining 8 aprel kungi qarori bilan, “2025-2030 yillarda davlat moliyasini boşqariş tizimini takomillaştiriş strategiyasi” tasdiqlandi.
Strategiyada davlat fuqarolik xizmatçilarining lavozim maoşlarini yagona prinsip asosida şakllantiriş közda tutilgan.
Xususan, davlat fuqarolik xizmatçilariga davlat budjeti va budjetdan taşqari mablağlar, şu jumladan, davlat maqsadli jamğarmalari hisobidan qöşimça tölovlar tölaş mexanizmlarini bekor qiliş nazarda tutilmoqda.
Şuningdek, ayrim turdagi davlat bojlari, majburiy yiğimlar, tölovlar, jarimalar va ajratmalar hisobidan şakllantiriladigan vazirlik va idoralaring budjetdan taşqari jamğarma hisobvaraqlarini qisqartiriş tartibini belgilaş rejalaştirilgan.
Bu ikkita masala yuzasidan 2025 yil sentabrgaça normativ-huquqiy hujjat loyihasi işlab çiqiladi. Ijroçilar – Iqtisodiyot va moliya vazirligi, vazirlik va idoralar.
Hujjatga asosan, 2025-2030 yillarda davlat moliyasini boşqariş tizimini takomillaştiriş strategiyasining asosiy maqsadlari quyidagilar deb belgilandi:
- budjet barqarorligini ta’minlaş va intizomini kuçaytiriş orqali budjet taqçilligini qisqartirib boriş;
- budjet oçiqligini ta’minlaş;
- soliq ma’murçiligini yaxşilaş va uning samaradorligini yanada oşiriş;
- budjet xarajatlari natijadorligiga erişiş;
- davlat qarzini makroiqtisodiy xavfsiz darajada uşlab turiş;
- davlat budjeti likvidliligini oşiriş.
Strategiyaning ustuvor yönalişlariga quyidagilar kiradi:
- budjet intizomini ta’minlaş mexanizmlarini kuçaytiriş;
- örta muddatli budjetlaştirişda strategik ustuvorlikni ta’minlaş;
- davlat xarajatlari va investitsilarining samaradorligi hamda natijadorligini oşiriş.

















