Istanbulda diplomatik missiyalar faoliyatini normallaştiriş böyiça AQŞ va Rossiya maslahatlaşuvlarining ikkinçi raundi yakunlandi. Muzokaralar 5,5 soat davom etdi. TASSning yozişiça, Amerika delegatsiyasi uçraşuv taşkil etilgan Rossiya boş konsulxonasini birinçi bölib tark etgan.

Qayd etilişiça, muzokaralar yopiq tarzda ötkazilgan. RF delegatsiyasiga Rossiyaning AQŞdagi elçisi Aleksandr Darçiyev, Amerika tomoniga — davlat kotibining Yevropa va Yevrosiyo işlari böyiça yordamçisi örinbosari Sonata Kolter rahbarlik qilgan.

Tomonlar maslahatlaşuvlar yakuni böyiça matbuotga bayonot berişni rejalaştirmagan, uçraşuv natijalari keyinroq mamlakatlarning taşqi siyosiy idoralari tomonidan e’lon qilinadi.

Rossiya delegatsiyasi Amerika tomoni bilan oldinroq tortib olingan diplomatik mulkni qaytariş va töğridan töğri aviaqatnovlarni tiklaş masalalarini muhokama qilişni rejalaştirgan. RF TIV muzokaralar davomida tomonlar diplomatlarning faoliyatini qiyinlaştiradigan köplab texnik tösiqlarni bartaraf etiş böyiça işlarni davom ettirişini ma’lum qilgandi.

10 aprel kuni, şuningdek, Abu-Dabida Rossiya va AQŞ örtasida bir nafardan mahbuslar almaşinuvi bölib ötdi.

Eslatib ötamiz, 27 fevral kuni Istanbulda diplomatik missiyalar işi böyiça maslahatlaşuvlarning birinçi raundi ötkazilgandi. Öşanda Amerika tomoni uçraşuvda «ikki davlat diplomatik vakolatxonalari faoliyatini normallaştiriş böyiça qadamlar belgilangani» haqida xabar bergan edi.