Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimida bo‘lgan ta’lim muassasalari, shuningdek, vazirlik, idora va tashkilotlar tasarrufida bo‘lgan ta’lim muassasalari negizida Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning filiallarini tashkil etish haqidagi takliflariga rozilik beriladi.

Quyidagilar:

  • 2025-2026 o‘quv yiliga qadar  Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning filiallari tashkil etiladigan vazirlik, idora va tashkilotlar tasarrufida bo‘lgan ta’lim muassasalari ro‘yxati;
  • 2025-2026 o‘quv yiliga qadar  negizida Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning filiallari tashkil etiladigan Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi ta’lim muassasalari ro‘yxati;
  • 2026-2027 yillarda yangidan quriladigan Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab filiallarining manzilli ro‘yxati tasdiqlanadi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari agentlik tizimida tashkil etilayotgan Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab filiallarining bino va inshootlarini 2025 yil 1 iyulga qadar ta’mirlash, rekonstruksiya qilish, jihozlash, zamonaviy o‘quv laboratoriya jihozlari bilan ta’minlash, o‘quvchilarga yashash va ovqatlanish uchun zarur sharoitlarni yaratish choralarini ko‘radi.

Belgilanishicha:

  • Toshkent shahridagi Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab tabiiy fanlar yo‘nalishi bo‘yicha tayanch maktab hisoblanadi;
  • tayanch maktabga direktor, filiallarga ijrochi direktor agentlik direktori tomonidan tayinlanadi;
  • tayanch maktab va filiallarga rahbar kadrlarni ishga qabul qilish ikki bosqichli (saralash va suhbat), pedagog kadrlarni ishga qabul qilish uch bosqichli (saralash, test sinovi va suhbat) tanlov asosida amalga oshiriladi;
  • filiallar xodimlariga tayanch maktab xodimlari uchun belgilangan mehnatga haq to‘lash shartlari tatbiq etiladi;
  • tayanch maktab va filiallarga qabul parametrlari bir sinfda o‘quvchilarning eng ko‘p soni 24 nafardan oshmasligini inobatga olgan holda agentlik tomonidan belgilanadi;
  • filiallarga o‘quvchilar tayanch maktab uchun belgilangan tartib asosida saralab olinadi;
  • filiallarda o‘quvchilar uchun turar joy hamda autsorsing asosida belgilangan tartibda bepul sog‘lom ovqatlantirish tashkil etiladi;