2-ğarbiy okrug harbiy sudi 58-armiya sobiq qömondoni, Rossiya qurolli kuçlari general-mayori Ivan Popovning ehtiyot çorasini yumşatiş böyiça himoya arizasini rad etdi, deb xabar berdi 11 aprel, juma kuni Rossiya ommaviy axborot vositalari. Şunday qilib, Popov Tambov viloyatidagi tergov hibsxonasida (SIZO) qoladi. Sud majlisidan bir neça kun oldin uning himoyasi Rossiya Mudofaa vazirligi bilan generalni Ukrainadagi uruşga yuboriş böyiça kelişuvga erişganini ma’lum qildi.

28 fevral kuni Tambov garnizon harbiy sudi Ivan Popovni uy qamoğidan tergov hibsxonasiga ötkaziş töğrisida qaror çiqardi, çunki general öziga qöllangan ehtiyot çorasi şartlarini buzgan.

Mart oyi oxirida ommaviy axborot vositalarida Popov Rossiya prezidenti Vladimir Putinga oçiq xat yozgani, unda uni jinoiy javobgarlikka tortişni asossiz deb atagani, «Vatanni himoya qilişga va duşmanni mağlub etişga» tayyorligini bildirgani va Putindan uni Ukrainadagi uruşga qaytarişni söragani haqida xabar berilgan edi.

General-mayor Ivan Popovning yirik firibgarlikda gumonlanib hibsga olingani 2024 yilning may oyida ma’lum böldi. Tergovçilarning ma’lumotlariga köra, 2023 yilda u Zaporijjya yönalişida istehkomlar quriş uçun möljallangan, qiymati 105 million rubldan ortiq bölgan 1700 tonnadan ortiq metall prokatni sotib yuborgan.