11–13 aprel kunlari futbol bo‘yicha O‘zbekiston chempionatining 5–tur uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi.

Mash’al – Neftchi 1:4
Gollar: Abduraimov 45+3 – Toshmirzayev 6, Iskanderov 43, Jokich 58, G‘ofurov 90.
Mash’al – To‘xtaboyev (Hamroyev, 46), Salifu, Abdualimov, Abduraimov, G‘anixonov (Baratov, 62), Aliqulov, Murodov (No‘’monov, 46), Mamatxo‘jayev, Ismoilov, Norbekov (Murtozoyev, 54), Fayziyev.
Neftchi – Ergashev, Yo‘ldoshev, Ismoilov, Iskanderov, Boltaboyev (Aliboyev, 90+2), G‘ofurov, Ubaydullayev,  Jokich, Marushich (Tabatadze, 66), Sayfiyev, Toshmirzayev.
Ogohlantirishlar: Mamatxo‘jayev 45+2, Salifu 51, Boltaboyev 68.

Superliganing 5-turidan o‘rin olgan dastlabki o‘yinda «Neftchi» Olmaliqda «Mash’al» bilan kuch sinashdi.

Tarkib va tajriba jihatdan ustunroq bo‘lgan farg‘onaliklar 4:1 hisobidagi yirik g‘alabasini nishonladi. Uchrashuvning 43-daqiqasida Jamshid Iskanderov burchak jarima zarbasini to‘g‘ridan to‘g‘ri golga aylantirdi.

Mag‘lubiyatsiz seriyasini davom ettirgan (2 g‘alaba va 3 durang) «Neftchi» 9 ochko bilan 4-o‘ringa ko‘tarildi. «Mash’al» 3 ochko bilan 15-o‘rinda bormoqda.

Navbahor – Sho‘rtan 2:0
Gollar: Gabriel 45+3, G‘ulomov 90+5.
Aniq ijro etilmagan penalti: Azim Ahmedov 60 («Navbahor»)
Navbahor – Yo‘ldoshev, Ahmedov (Islomov, 69), Komilov, Ubaydullayev (Odilov, 69), Mirsaidov, Jiyanov, Augusto (O‘rinboyev, 82), Karpovich, Gedesh, G‘ulomov, Gabriel.
Sho‘rtan – Eshbo‘tayev,  Sultonmurodov, Qo‘ziyev (Xudoyberdiyev, 82),  Mamasidiqov, Sharipov (Ergashboyev, 86), Toshqo‘ziyev (Javohir Hasanov, 82), Mannonov, Hasanov (Saidazimov, 72), Narzullayev (Jabborov, 46), Pirmuhammedov, Saitxonov.

«Navbahor» esa guruh autsayderi ustidan ishonchli g‘alabaga erishdi. Namangandagi uchrashuvning har ikki bo‘limiga qo‘shib berilgan daqiqalarda bittadan gol urgan mezbonlar ochkolari sonini 8 taga yetkazib, turnir jadvalining 7-o‘rnida joylashgan. «Sho‘rtan» esa 1 ochko to‘plagan holda eng so‘nggi, 16-pog‘onani band etib turibdi.