Muloqotda Özbekiston ilmiy-tadqiqot markazlari bilan hamkorlikni rivojlantiriş, tahlil markazlari örtasida anglaşuv memorandumlarini işlab çiqiş va imzolaş masalalari körib çiqildi.

Hamkorlikda bilim va tajriba almaşiş, mutaxassislar uçun seminar va treninglar taşkil etiş, qöşma tadqiqotlar ötkazişga e’tibor qaratildi.

Boş direktor Sulton Muhammad al Nuaymiy markazning resurslari va kutubxonasi Özbekiston ekspertlari oçiq ekanligini ta’kidladi.

Uçraşuv yakunida, Özbekiston tahlil markazlari va institutlari bilan özaro hamkorlikning yölga qöyilişi yuzasidan kelişuvga erişildi.

Markaz 1994 yil BAAda tahliliy tadqiqotlarni rivojlantiriş maqsadida taşkil etilgan. Ötgan vaqt davomida markaz sönggi geosiyosiy özgarişlar va iqtisodiy trayektoriyalardan tortib, mintaqaviy munosabatlarning özgarişi va ilğor texnologiyalarning ta’sirigaça bölgan qator masalalar böyiça munozaralarni şakllantirgan yetakçi tadqiqot muassasasiga aylandi.

Markaz Yaqin Şarq va boşqa mintaqalar oldida turgan eng dolzarb bölgan muammolarni muhokama qiliş uçun mintaqaviy va xalqaro ekspertlarga platforma yaratib beradi.