Sumiga ikkitalik raketa zarbasi: Rossiya şaharga qanday va nima bilan hujum qildi?
|22:34 / 15.04.202514 90511 min
Ukraine State Emergency Service / EPA / Scanpix / LETAUkraine State Emergency Service / EPA / Scanpix / LETA
13 aprel kuni Rossiyaning Ukrainaning Sumi şahri markaziga raketa hujumi natijasida öttizdan ortiq kişi, jumladan, ikki bola halok böldi, yuzdan ortiq kişi yaralandi – ular orasida 15 bola ham bor.
Rossiya mudofaa vazirligi zarba nişoni Ukraina qurolli kuçlari qömondonlik tarkibi yiğilişi ötkazilgan joy bölganini xabar qilgan, biroq raketalar tuşgan joylarga qaralsa, rossiyalik raketaçilarda yiğiliş aynan qayerda ötgani haqida aniq ma’lumot bölmagan.
BBC rus xizmati ikkitalik zarba tafsilotlarini örganib çiqdi va hamon oçiq turgan savollarga javob topişga harakat qildi.
Raketalar qayerda portlagan?
Ijtimoiy tarmoqlarda paydo bölgan videoyozuv kadrlariga köra, birinçi raketa Sumi davlat universitetining Pokrovskaya köçasi 9/1 manzilidagi kongress-holl binosida portlagan.
Bino içida olingan kadrlarda u jiddiy darajada vayron bölganini köriş mumkin.
Ikkinçi raketa birinçisidan 140 metr uzoqlikda – Ukraina bank akademiyasi binolaridan biri joylaşgan Petropavlovsk köçasidagi 57-uy hududida portlagan.
Petropavlovsk maydonidagi portlaş joyidan bir neça kvartal narida bölgan avtomobilning videoregistratori tomonidan olingan kadrlarda raketa deyarli tik tuşganini köriş mumkin. Yer sathida yoki unça katta bölmagan balandlikda alanga çaqnaşi ham körinadi.
Raketa binoga tekkan yoki portlaş juda yaqin joyda sodir bölgan – videokadrlar va fotosuratlarda uyning bir qismi yöq bölib ketganini köriş mumkin.
Şu joy yaqinida şahar avtobusi turgan, undagi yölovçilarning aksari halok bölgan.
Sumi markazida portlagan raketalardan biri yölovçi avtobusni yöq qilgan. Yölovçilarning aksari va haydovçi Mikola Leon halok bölgan, deb xabar berdi «24 kanal»
Mavzuga oid
Volodymyr Hordiienko / AP / Scanpix / LETA
Bu qanday raketalar edi?
Zarbadan keyingi dastlabki soatlarda ijtimoiy tarmoqlar va matbuotda muhokama qilingan versiyalar orasida raketalar zararni oşiriş uçun kassetali jangovar qismlar bilan jihozlangani haqidagi taxminlar paydo böldi.
Bu haqda AQŞning Ukrainadagi elçisi Brijit Brink ham yozgan.
Ukraina boş razvedka boşqarmasi ma’lumotlariga köra, zarba uçun «Iskander-M/KN-23» raketalaridan foydalanilgan.
Biroz ötgaç, Rossiya mudofaa vazirligi zarba «Iskander M» rusumli ikkita raketa bilan berilganini tasdiqladi.
Katta ehtimol bilan, gap «Iskander» kompleksi foydalanuvçi 9M723 ballistik raketasi haqida ketmoqda. U orqali «Iskander-K» qanotli raketalari ham uçiriladi.
«Iskander» kompleksining 9M723 raketasi KN-23 kabi teşib ötuvçi, oskolkali-fugasli yoki kassetali jangovar qism bilan jihozlanişi mumkin.
Maşina videoregistratoridan olingan kadrlarga köra, ikkinçi raketaning portlaşi yer sathida yoki kiçik balandlikda sodir bölganini köriş mumkin – bu esa kassetali snaryad portlaşiga öxşamagan.
Kassetali jangovar qismlar katta maydonni qamrab oladi va ularni köplab kiçik portlaşlardan farqlaş mumkin.
Şu bilan birga, oskolkali-fugasli jangovar qism köplab şikastlovçi elementlar bilan jihozlangan bölib, ularning izlari birinçi va ikkinçi portlaşlardan keyin olingan kadrlarda uylarning devorlarida seziladi.
Bundan taşqari, agar Rossiya harbiylari binoga zarba berişni rejalaştirgan bölsa, bunday vaziyatda kassetali snaryad oskolkali-fugasli yoki teşib ötuvçi snaryadga qaraganda ança samarasiz bölardi.
Kassetali öq-dorilardan foydalanilganda köpinça kiçik öq-dorilarning bir qismi portlamay, yerda qoladi. Agar öşa joydan şunday buyumlar topilganida, ularning fotosuratlari allaqaçon Ukraina ijtimoiy tarmoqlarida e’lon qilingan bölardi.
Teşib ötuvçi snaryadlar odatda yaxşi mustahkamlangan yoki çuqur joylaşgan nişonlarga qarşi işlatiladi va bunday zarbada ham effekt kamroq böladi.
Şuning uçun, video- va fotos’yomkalarga qaraganda, şuningdek, mantiqdan kelib çiqilsa, şunday xulosa qiliş mumkinki, bu oskolkali-fugasli öq-dorilar bölgan.
Sumidagi bank işlari akademiyasi binosi yaqinida zarbadan şikastlangan avtomobillar
Sofiia Gatilova / Reuters / Scanpix / LETA
Şahar böylab zarba
Rossiya mudofaa vazirligi zarba nişoni Ukraina qurolli kuçlari qömondonlik tarkibi yiğilişi bölganini ma’lum qilgan.
«Keça Rossiya Federatsiyasi qurolli kuçlari tomonidan Sumi şahrida Ukraina qurolli kuçlarining xorijda işlab çiqarilgan radioelektron kuraş va havo hujumidan mudofaa vositalari orqali faol qarşilik körsatişi şaroitida „Seversk“ tezkor-taktik guruhi qömondonlik tarkibi yiğilişi ötkazilayotgan joyga ikkita „Iskander-M“ tezkor-taktik raketasi bilan zarba berildi», – deyiladi Rossiya harbiy idorasi bayonotida.
Ukraina bu bayonotga hozirça izoh bermadi. Ukrainadagi ayrim manbalar şaharda harbiylarni taqdirlaş marosimi rejalaştirilgani haqida xabar bergan. Zarbalar joyidan olingan videoyozuvlarda esa bunday hodisaning aniq belgilari aks etmagan.
Biroq, Ukrainadagi ayrim rasmiylar va blogerlar Sumi şahrida haqiqatan ham şu kuni harbiylar iştirokida tadbir bölib ötgani haqida yozişgan.
«Xalq xizmatkori» fraksiyasi deputati, ilgari Oliy rada mudofaa qömitasi a’zosi bölgan Maryana Bezuglaya fojiadan ikki soat ötib, Rossiya armiyasi Ukraina qurolli kuçlari mahalliy brigadasi yubileyi munosabati bilan ukrainalik harbiylarni mukofotlaş rejalaştirilgani sababli şaharga zarba berganini yozdi.
«Harbiylarni mukofotlaş uçun bir joyga töplamang, ayniqsa tinç şaharlarda. Rossiyaliklar şunday yiğiliş haqida ma’lumotga ega bölgan. Poligonlarda esa hali ham safga tiziş holatlari davom etmoqda», – deb yozdi deputat Sumiga berilgan zarbadan söng. Şuningdek, u taqdirlaş şahar markazida, yerosti boşpanasida ötkazilişi rejalaştirilgan bölganini ta’kidladi.
Bezuglaya buning uçun mas’uliyatni boş ştab, quruqlik qöşinlari qömondonligi va oblast harbiy ma’muriyatiga yukladi. Şu bilan birga, u bu tinç aholiga zarba bergan rossiyalik harbiylardan jinoyat uçun javobgarlikni soqit qilmasligini ta’kidladi.
Oblastdagi ikkinçi yirik şahar bölmiş Konotop şahri meri Artyom Semenixin ham Sumidagi harbiylar yiğilişi haqida yozgan.
«U (Sumi oblasti harbiy ma’muriyati rahbari Volodimir Artyux — BBC) bu yerda 117-brigadadagi qahramon yigitlarimizga faxriy yorliq va medallar topşirişni taşkil qilgan, bu haqda hamma gapiryapti. Bu yerda heç narsa bölmagani ham yolğon. Bölgan. Yaxşiki, harbiylardan heç kim jabrlanmadi, ularning barçasi boşpanada edi», – deb yozgan Semenixin.
BBC Ukraina xizmati 13 aprel kuni Sumi şahrida harbiylarning ehtimoliy yiğilişi yuzasidan Ukraina qurolli kuçlari boş ştabi vakillaridan izoh söragan, biroq hozirça javob olmagan.
Öz navbatida, naşrning quruqlik qöşinlari qömondonligidagi suhbatdoşi «quruqlikdagi qöşinlar qömondonligi Sumi şahrida heç qanday taşabbus körsatmagani va tadbirlar ötkazmagani»ga işontirgan.
BBC Ukraina xizmati Sumi oblasti harbiy ma’muriyati bilan ham boğlangan, u yerda keyinroq javob berişni va’da qilişgan.
Harbiy bloger, «Tsenzor.Net» naşri boş muharriri Yuriy Butusovning aytişiça, uning ma’lumotlariga köra, halok bölgan 34 kişi orasida ikki nafar harbiy ham bor, biroq ularning tadbirga heç qanday aloqasi yöq, deb işontirgan u. «Ular raketa hujumi paytida maşinada ötib ketayotgan bölgan va rossiyaliklar zarbasi ostida qolgan», – deydi u.
Butusov öz manbalariga tayanib, taqdirlaş marosimi haqiqatan ham ertalab soat 10 da Sumi davlat universitetining kongress markazi binosida bölib ötişi möljallangani, unga fuqarolik kiyimidagi 20 ga yaqin kişi kelgani va ular e’tiborni tortmaganini aytgan.
Raketalardan biri Sumi davlat universitetining kongress-markaziga urilgan, bu yerda 13 aprel kuni bolalar uçun spektakl qöyilişi rejalaştirilgandi
Volodymyr Hordiienko / AP / Scanpix / LETA
Raketalar portlagan joylar bir-biridan taxminan 140 metr masofada joylaşgan. Portlaşlar oqibatida vayron bölgan ikki binoda ham tadbirlar ötkaziş uçun zallar mavjud - birinçi raketa kongress-hollga, ikkinçisi universitetning majlislar zali joylaşgan binoga kelib tuşgan.
Şu bilan birga, «Iskander» raketalarining aniqligi ança yuqori deb körsatilgan. Rossiya mudofaa vazirligi naşri – «Zvezda» haftaligi ma’lumotiga köra, 9M723 raketasining ehtimoliy oğişi (ya’ni nişondan qança masofaga oğişi mumkinligi) 5-7 metrni taşkil qiladi.
Şu sababli, ikkala raketa ham koordinatalari ularning yönaltiriş tizimiga kiritilgan nişonlarga yetib kelgan deb taxmin qiliş mantiqan töğri böladi. Bunday holda, yiğiliş aynan qayerda ötkazilgani borasida raketaçilarda aniq ma’lumot bölmagan deyiş mumkin.
«Iskander-M» – tezkor-taktik ballistik raketaga ega tizim bölib, birinçidan, uni tutib oliş juda qiyin. U radiolokatsion sezuvçanlikni kamaytiriş texnologiyasini qöllagan holda qurilgan va havo hujumidan mudofaani yengib ötiş tizimlari bilan jihozlangan.
Bundan taşqari, raketaning maksimal masofasi 500 kilometr bölib, havo trevogasini e’lon qiliş uçun deyarli imkon qoldirmaydi – ballistik raketa unga javob berişga ulguriş uçun haddan ortiq tezlik qiladi.
9M723 raketasining jangovar qismining oğirligi 480 kilogramm. Bu portlovçi moddaning «sof» oğirligi emas, lekin u baribir yuzlab kilogramm kuçli portlovçi modda va şikastlovçi elementlar bilan jihozlangan bölib, ular odamlarga oçiq havoda yoki zaif himoyalangan transportda omon qoliş imkoniyatini qoldirmaydi.
Yakşanba kuni ertalab aholi ziç joylaşgan şahar markazidagi binolarga aniq tekkan taqdirda ham, şunça miqdordagi portlovçi moddaning portlaşi tinç aholi vakillarining ölimiga olib kelmasligi mumkin emasdi.