Qozoğistonning Olmaota şahrida ötkazilgan Almaty Half Marathon yarim marafoni vaqtida 84 yoşli Akkoyan Rsaliyev va 21 yoşli Nurbol Ahmadi vafot etdi, deb xabar bermoqda «Kazinform».
Olmaotada yarim marafon 20 aprel kuni ertalab, Birinçi prezident boğidan markaziy stadiongaça bölgan yönaliş oraliğida ötkazildi.
Qayd etilişiça, taşkilotçilar reglament böyiça iş olib borgan: tibbiy xizmatlar, favqulodda xizmat hamda politsiya tezkorlik bilan yordamga yetib kelgan. Körilgan sa’y-harakatlarga qaramay, iştirokçilar hayotini saqlab qolişning imkoni bölmagan.
Ma’lumotlarga köra, Akkoyan Rsaliyev 2021 yildan beri muntazam ravişda bellaşuvlarda iştirok etib keladi. Bundan oldin u 21,1 hamda 10 kilometr masofalarni muvaffaqiyatli bosib ötgan. Bugungi yarim marafonning birinçi kilometrida erkakning ahvoli birdan yomonlaşgan, bir daqiqadan keyin tez yordam brigadasi unga yordamga yetib kelgan.
«Soat 08:15 da iştirokçilardan biri yiqilib tuşgani töğrisida xabar berildi. Tez yordam bir daqiqa içida yetib bordi, ammo uning yurak urişi töxtagandi. Protokol böyiça reanimatsion çora-tadbirlar ötkazildi. Dastlabki xulosa — öpka arteriyasi tromboemboliyasi. Surunkali arterial gipertenziya bölgan», — deydi şifokor.
Vafot etgan ikkinçi fuqaro — Nurbol Ahmadi bölib, u Winter Run 2025 marafonida 10 kilometr masofaga yugurgan. Bugungi yarim marafonning 16-kilometrida u huşini yöqotgan. Şifokorlar uning ham hayotini saqlab qola olmagan.
Tibbiyot xodimlarining ta’kidlaşiça, iştirokçining ölimi sababi sud-tibbiyot ekspertizasi natijalaridan keyin ma’lum böladi.
Marafon taşkilotçilari vafot etgan fuqarolarning oilalari bilan boğlangan va ularga moddiy yordam körsatişni rejalaştirmoqda.

















