Toşkent viloyati IIBB axborot xizmati PPX xodimi bilan boğliq xabar yuzasidan rasmiy munosabat bildirdi. Boşqarmaga köra, suriştiruvlar davomida tarqatilayotgan xabarda keltirilgan iddaolar mutlaqo haqiqatga töğri kelmasligi ma’lum bölgan.
“Joriy yilning 27 aprel kuni soat tungi 00:40 da Ohangaron şahar IIB PPX xodimiga tanişi 22 yoşli A.K. (ayol) qönğiroq qilib, undan maslahat oliş zaruratini aytib çaqirgan. PPX xodimi yetib borgan vaqtida A.K. bilan uning 14 yoşli qiz tanişi birga çiqib, xodimning maşinasiga ötirgan. Şu vaqtda 18 yoşli A.X. (videoda murojaat yöllagan şaxs) 4 nafar tanişlari bilan kelib, xodimni haqoratlab, janjal kötargan. U aslida 14 yoşli qizning heç qanday qarindoşi hisoblanmaydi”, deyiladi.
Boşqarma holat voyaga yetmagan qiz iştirokida bölgani sababli, töliq tafsilotlar hozirça oçiqlanmasligini ma’lum qilgan. Şuningdek, iş yakuniga köra yolğon axborot tarqatgan şaxslarga nisbatan ma’muriy, oğir oqibatlarga olib kelgan taqdirda jinoiy javobgarlik çoralari körilişi qöşimça qilingan.
Avvalroq Ohangaron şahrida PPX xodimi 14 yoşli qizni dugonasi bilan birga toğli hududga olib borib, ularga şilqimlik qilgani haqidagi xabarlar tarqalgandi. IIV Jamoat xavfsizligi departamenti holat tekşirilayotganini, xodim işdan böşatilganini ma’lum qilgan edi.












