Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda sudya mast holatda mashina olib qochgani aytilmoqda
Jinoyat ishlari bo‘yicha Mirobod tuman sudi sudyasi transport vositasini olib qochish jinoyatini sodir qilgani aytilmoqda. Sudyalar oliy kengashi sudyaning xatti-harakatlari yuzasidan xizmat tekshiruvi o‘tkazilayotganini bildirdi.
Foto: Kun.uz
Ijtimoiy tarmoqlarda sudya mast holda mashina olib qochgani haqidagi xabarlar tarqaldi. Kun.uz’ning aniqlik kiritishicha, bu harakat jinoyat ishlari bo‘yicha Mirobod tuman sudi sudyasi Rustam Rahmonov tomonidan sodir qilingan.
Sudyalar oliy kengashi holat yuzasidan rasmiy bayonot berdi. Unda sudyaning xatti-harakatlari yuzasidan xizmat tekshiruvi o‘tkazilayotgani aytiladi.
“Sudyalar odobi kodeksi talablaridan kelib chiqib, Toshkent shahar jinoyat ishlari bo‘yicha Mirobod tuman sudi sudyasining (xizmatdan tashqari vaqtdagi) xatti-harakatlari yuzasidan xizmat tekshiruvi o‘tkazilmoqda. Ijtimoiy tarmoqlardagi shu mavzuga doir xabarlarda tilga olinayotgan holatlarga xizmat tekshiruvi jarayonida aniqlik kiritiladi va yakuni bo‘yicha lozim choralar ko‘rilishi ta’minlanadi”, deyiladi kengash bayonotida.
Rustam Rahmonov 2024 yilning dekabr oyida jinoyat ishlari bo‘yicha Mirobod tuman sudi sudyasi lavozimida bo‘lishining navbatdagi 10 yillik muddatiga tayinlangandi.
Ma’lumot uchun, Jinoyat kodeksining 267-moddasiga ko‘ra, transport vositasini olib qochish 5 yildan 20 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Mavzuga oid
17:00 / 29.10.2025
Apex Development Mirabad Square debyut loyihasi sotuvlari boshlanganini e’lon qiladi
14:05 / 22.10.2025
Mirobod tumanida qurilishi tugallanmagan binoda yong‘in yuz berdi
18:13 / 30.09.2025
Mast holda mashina olib qochgan sudya 7 yilga qamaldi
07:38 / 13.09.2025