Kir yuviş geli, yogurt, kolbasa, şirinliklar... Toşkent tumanidagi “Navoiy” (Qozoğiston tomonidan “Qoplonbek”) çegara ötkaziş punktidan kirayotgan özbekistonliklar rözğor uçun şu kabi mahsulotlarni kötarib kirişmoqda. Kun.uz suhbatlaşgan vatandoşlar Qozoğistonda narxlar arzonroqligini aytişdi.
Xorijdan Özbekistonga kirib kelayotgan fuqarolar uçun notijorat maqsadlarda tovar olib kiriş limitlari pasaytirilyapti. Hukumat qaroriga köra, 1 maydan boşlab samolyotda kelayotganlar hozirgidek 2000 dollar emas, 1000 dollargaça bölgan tovarlarni bojsiz olib kirişi mumkin.
Poyezdda keluvçilar uçun esa bojsiz limit 1000 dollardan 500 dollarga tuşirilyapti. Özbekistonga avtomobilda yoki piyoda kirib kelayotganlar uçun 300 dollarlik çeklov özgarişsiz qoladi.
Kun.uz muxbiri Qozoğistondan qaytayotgan vatandoşlar özi bilan şaxsiy ehtiyoj uçun qanday mahsulotlarni olib ötayotganiga qiziqib, Toşkent tumanidagi “Navoiy” (Qozoğiston tomonidan “Qoplonbek”) çegara postida böldi.
Postdan kirib kelayotgan vatandoşlarning aytişiça, ular şaxsiy ehtiyojlari uçun asosan oziq-ovqat va rözğorda foydalanadigan boşqa maişiy mahsulotlarni olib kirişmoqda. Asosiy sabab esa – Özbekiston va Qozoğistondagi narxlar örtasida sezilarli farq borligi.
Quyida Kun.uz suhbatdoşlaridan iqtiboslar keltirib ötiladi.
“Biz Qozoğistonga kiyim-keçak, quritilgan mevalar kabi yuklarni taşiymiz. Odamlar Qozoğistondan qaytişda şaxsiy ehtiyojlari uçun asosan yoğ, göşt, “pampers” va “poroşok” olib kirişadi. Eng köp közim tuşganlari şular”.
“Hozirgi şaroitda hammaga 10 ming söm bölsa ham iqtisod bölgani yaxşi. Şunday qilib ötib-borib kelişyapti, bizga qaraganda [Qozoğistonda] arzonroq, ança farq bor-da”.
“Mana, bolalarimga, nevaralarimga konfet olib kelyapman. Pensiyam yetmaydi, 881 ming söm olaman. Oyoğim, belim oğriydi, ozgina “leçeniye” uçun, tirikçiligim şu. Begonalarga emas, qizlarimga, öğillarimga sotaman. Ular menga pulini beradi.
[Qozoğistonda] kolbasalar, gellar arzon-da. [Kir yuviş vositasini] 42 ming sömga olgan bölsam, bizda 90-100 ming söm, ayting, nima qilaylik? Bolalarimga olib kelaman, “yöl haqimni ber” deyman, berişadi. Kolbasa u yerda 35 ming, bizda 70 ming. Men uni, töğrisini aytsam, 45 mingdan sotaman, 10 minggina qöyaman bolalarimga. Qöşnilar ham söraşadi. Göşt bizda qimmat… Bir xilda şuniyam qaytarişadi, köp ötasiz deydi. 881 ming pensiya nimaga yetadi?”












