Qirğizistondagi «Russkiy dom» xodimi va yana uç kişi Rossiya armiyasiga yollaş bilan şuğullanganlikda ayblanib, hibsga olindi. Bu haqda «Ozodlik» radiosining qirğiz xizmati xabar berdi.

Naşrning ta’kidlaşiça, qölga olinganlarning barçasi Qirğiziston Jinoyat kodeksining 416-moddasi («Xorij armiyasiga noqonuniy yollaniş») böyiça gumon qilinmoqda. Jinoyat işi Milliy xavfsizlik davlat qömitasi (MHDQ) tomonidan qözğatilgan.

Sud xabarida hibsga olinganlar ismi-şarifining faqat boş harflari körsatilgan. «Ozodlik» radiosining ma’lum qilişiça, hibsga olinganlardan biri Öş şahridagi «Russkiy dom» (Rossotrudniçestvo vakolatxonasi) xodimi Natalya Sekerina hisoblanadi. Hibsga olinganlardan yana biri – Öş meriyasi matbuot xizmati xodimi Sergey Lapuşkin.

Iş yuzasidan Lapuşkin va Sekerinadan taşqari yana ikki kişi hibsga olingan. Ularning ismlari noma’lum. Tört nafari ham 17 iyunga qadar hibsga olingan.