Özbekiston taşqi işlar vaziri Baxtiyor Saidov va Rossiya taşqi işlar vaziri Sergey Lavrov Samarqand şahrida ikki tomonlama muzokara ötkazdi.

«Bugun Samarqand şahrida Rossiya Federatsiyasi taşqi işlar vaziri, hamkasbim Sergey Lavrov janoblari bilan samarali uçraşuv ötkazib, köp qirrali hamkorligimizning keng doirasidagi masalalarni muhokama qildik. Uçraşuvda Oliy darajada erişilgan kelişuvlarning amaliy ijrosiga alohida e’tibor qaratildi», deb yozdi Saidov ijtimoiy tarmoqda.

Uning ta’kidlaşiça, ikki davlat rahbarlari tomonidan ittifoqçilik munosabatlari va strategik şeriklikni mustahkamlaş, siyosiy muloqotni rivojlantiriş, savdo-iqtisodiy aloqalarni kengaytiriş, madaniy va gumanitar boğliqliklarni çuqurlaştiriş hamda köp tomonlama tuzilmalar doirasida yaqin hamkorlikni davom ettiriş böyiça berilgan topşiriqlarni amalga oşirişda taşqi siyosat idoralari örtasida yaqin hamkorlikni davom ettirişga kelişildi.

«Bundan taşqari, ta’lim, innovatsiyalar, infratuzilma, mintaqaviy xavfsizlik va boşqa sohalarda hamkorlikni kengaytirişga alohida urğu berib ötdik. Özbekiston va Rossiya örtasidagi özaro investitsiyalarni rağbatlantiriş va biznes aloqalarni faollaştiriş yöllarini muhokama qildik», deb xulosa qildi Saidov.