Çeçeniston yetakçisining 17 yoşli öğli Adam Qodirov yana bir lavozimga tayinlandi, deb xabar beradi «Kommersant».

Endi u Çeçeniston Xavfsizlik kengaşi kotibi lavozimida faoliyat yuritadi.

Adam Qodirov Xavfsizlik kengaşida lavozimga aynan qaçon tayinlangani noma’lum. 2024 yil iyuldan beri mazkur lavozimni Çeçeniston yetakçisining jiyani Hamzat Qodirov egallab kelayotgandi.

2023 yil noyabrda, Adam Qodirov 15 yoşligida Çeçeniston rahbarining xavfsizlik xizmati boşliği etib tayinlangan edi. 2025 yil aprel boşlarida Ramzon Qodirovning öğli IIVning Çeçeniston böyiça boşqarmasi kuratoriga aylangandi.

Bundan taşqari, u Vladimir Putin nomidagi Rossiya maxsus kuçlari universitetini, şuningdek, Şayx Mansur nomidagi RF Mudofaa vazirligi bataloni va Baysangur Benoyevskiy nomidagi Rosgvardiya batalonini nazorat qiladi.

2023 yil yozida Adam Qodirov tergov izolyatorida Qur’onni yoqib yuborgan Nikita Juravelni kaltaklagandi. Şundan söng u bir qança mukofotlarga sazovor böldi, xususan, Adamga Çeçeniston Qahramoni unvoni ham berildi.