Rossiya qöşini 24 aprelga ötar keçasi Kiyevga ballistik raketalar va dronlar bilan zarba berdi. Eng köp vayronagarçilik Svyatoşinskiy rayonida qayd etilgan, bu yerda turar joy binosiga zarba kelib tuşgan. Şuningdek, Kiyev şahri meri Vitaliy Kliçkoning ma’lum qilişiça, dron qoldiqlari poytaxtning Goloseyev, Podolsk va Şevçenko rayonlariga ham tuşgan.

Dastlabki ma’lumotlarga köra, sakkiz kişi halok bölgan. Avvaliga qurbonlar soni 10 kişi ekani aytilgandi, keyinroq rasmiylar bu ma’lumotga aniqlik kiritdi. Yana 77 kişi şifokorlar yordamiga murojaat qilgan, ulardan 31 nafari kasalxonaga yotqizilgan, deya aniqlik kiritdi Kliçko. Uning sözlariga köra, jabrlanganlar orasida beş nafar bola ham bor. Voqea joyida qidiruv-qutqaruv amaliyoti davom etmoqda, qutqaruvçilar Svyatoşinskiy rayonidagi uy vayronalarini demontaj qilmoqda. Kliçkoning sözlariga köra, hujum oqibatida Kiyevda 12 ta binoga zarar yetgan. Kiyevlik Lyudmila «Suspilne» naşriga halok bölganlar orasida uning 84 yoşli onasi ham borligini aytgan. «U keksa, ammo baquvvat edi. U ölişni rejalaştirmagandi», – degan ayol.

Politsiyaçilar Rossiya zarbasidan şikastlangan uy aholisini evakuatsiya qilmoqda
Evgeniy Maloletka / AP / Scanpix / LETA

Volodimir Zelenskiy JARga taşrifi dasturining bir qismini bekor qildi va respublika prezidenti Siril Ramafosa bilan uçraşuvdan söng darhol Ukrainaga qaytişini aytdi. «Ukraina öt oçiş va zarbalarni töliq töxtatişga rozi bölganiga qirq tört kun böldi. Bu AQŞ taklifi edi. Qirq tört kundan beri Rossiya odamlarni öldirişda davom etmoqda va buning uçun qattiq bosim va javobgarlikdan qutulib qolmoqda», – deb yozgan Zelenskiy.

Rossiya zarbasi oqibatida yaralangan kiyevlik kişi, 2025 yil 24 aprel
Evgeniy Maloletka / AP / Scanpix / LETA

Keçasi Ukraina osmonida kamida 70 ta raketa urib tuşirildi, deya ma’lum qildi Ukraina qurolli kuçlari harbiy-havo kuçlari. Rossiya qöşinlari hujum davomida 37 ta X-101 qanotli raketasi, 11 ta «Iskander-M»/KN-23 ballistik raketasi, 12 ta «Kalibr» qanotli raketasi, oltita «Iskander-K» qanotli raketasi va törtta X-59/X-69 boşqariladigan aviatsiya raketasi, şuningdek, 145 ta zarbdor drondan foydalangan.