«Tibbiyot sohasida kadrlar tayyorlaş tizimini tubdan takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi prezident qarori qabul qilindi.
Qarorga köra, Toşkent tibbiyot akademiyasi, Toşkent pediatriya tibbiyot instituti va Toşkent davlat stomatologiya instituti negizida Toşkent davlat tibbiyot universiteti taşkil etiladi.
Universitet tibbiyot sohasi uçun oliy ma’lumotli mutaxassislar va ilmiy kadrlar tayyorlaş, qayta tayyorlaş va ularning malakasini oşiriş böyiça yetakçi oliy ta’lim muassasasi hisoblanadi.
2025/2026 öquv yilidan magistraturada bosqiçma-bosqiç xorijiy tillarda öqitiladigan alohida guruhlar taşkil etadi.
Ixtisoslaştirilgan tibbiyot markazlari va Toşkent şahridagi tibbiyot muassasalari Universitet talabalari uçun klinik amaliyot bazalari etib belgilanadi.
Universitetga talabalarni öqişga qabul qiliş 2025/2026 öquv yilidan boşlanadi.
2025/2026 öquv yilidan Toşkent tibbiyot akademiyasi, Toşkent pediatriya tibbiyot instituti va Toşkent davlat stomatologiya institutida tahsil olayotgan barça talabalar öqişini Universitetda davom ettiradi hamda bitiruvçi kurs talabalariga belgilangan tartibda Universitet diplomi beriladi.
Universitet tuzilmasida homiylik xayriyalari hisobidan töldiriladigan Toşkent davlat tibbiyot universitetini rivojlantiriş jamğarmasi taşkil etiladi.
















