26 aprel kuni Vatikanda Rim papasi Fransisk bilan vidolaşuv marosimi ötkazildi. Unga butun dunyodan davlat rahbarlari, siyosatçilar taklif qilindi. Xususan, AQŞ prezidenti Donald Tramp, Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy va Yevropa liderlari. 28 fevral kuni Vaşingtondagi Oval kabinetda urişib qolgan Tramp va Zelenskiy öşandan keyin ilk marta uçraşişdi.
Erkakça uçraşuv
Tramp va Zelenskiyning oxirgi uçraşuvini eslasangiz kerak. Fevralning oxirgi kunida Oq uyga nodir metallar böyiça kelişuvni imzolagani borgan Zelenskiy Tramp bilan uçraşuvning OAV uçun oçiq qismida AQŞ prezidenti va vitse-prezident Vens bilan oçiqçasiga janjallaşib qolgandi. Janjalga sal avval Amerika prezident pulidagi jurnalist Zelenskiydan nega kostyum kiymagansiz, deb söragani yaxşigina moy sepgandi. Keyinçalik Jyey Di Vens Zelenskiydan rahmat deyişni talab qilgan, yana boşqa iddaolar yangragan, xullas jyentelmenlarga xos bölmagan ğalati uçraşuv bölgandi.
Vatikanda esa jaydari, haqiqiy erkakça uçraşuv böldi. Hozirça unda nimalar deyilganini ikki tomon ham oşkor qilgani yöq, biroq uning qanday ötgani haqida suratlarning özi köp narsadan darak beradi. Zelensiy va Tramp uçraşuv uçun biror kabinet ham qidirib ötirişmadi: şundoq ikkita stulni olib ibodatxona örtasiga töğrima-töğri qöyişdi-da böladigan gaplarni gaplaşişdi.
Örtada heç qanday tarjimon ham yöq edi, axir Zelenskiy inglizçani yaxşi biladi. Eng asosiysi bu uçraşuvda AQŞ vitse-prezidenti Jyey Di Vens qatnaşmadi, heç kim Zelenskiydan nega Stalinnikiga öxşaş pidjak kiyib olganini ham söramadi. Darvoqe, uruş boşlanganidan keyin Ukraina prezidenti ilk marta harbiy kiyimsiz köriniş berdi.
«Samarali muloqot»
Uçraşuv haqida ilk marta Oq uy xabar berdi. Vaşington Tramp va Zelenskiy samarali muloqot ötgazganini ma’lum qildi. Zelenskiy ham öz sahifasida uçraşuv yaxşi ötganini aytib ikki enlik post yozdi. Darvoqe, Ukraina prezidenti posti oxirida Trampga rahmat aytişni unutmadi. Jyey Di Vens bunga e’tibor qilgan bölsa kerak.
Keyinçalik Zelenskiy boğga öxşagan joyda Fransiya prezidenti Makron bilan uçraşdi. Biroq bu gal uçraşuv çiroyli stol atrofida ötkazildi, ikki prezident oldiga suv ham qöyişdi. Makron fransuz axir. Keyin Zelenskiy ser Kir Starmer bilan uçraşdi, kun davomida Ursula fon der Lyayyen xonim bilan uçraşuv ham rejalangan.
Xulosa











