Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev 28 aprel kuni Toşkentda Rossiyaning “Rosatom” davlat korporatsiyasi boş direktori Aleksey Lixaçev bilan uçraşdi.

Davlat rahbarining matbuot xizmatiga köra, uçraşuvda yadro texnologiyalarini qişloq xöjaligi va tibbiyotda qöllaş, Toşkent şahridagi “MIFI” filiali negizida kadrlar tayyorlaş kabi masalalar körib çiqilgan.

Bu muloqot poytaxtda bölib ötayotgan “Innoprom” sanoat körgazmasi doirasida bölib ötdi. Tadbir davomida TASS muxbiri bilan gaplaşgan Aleksey Lixaçev Toşkent va Moskva kam quvvatli AES qurilişi böyiça barça yuridik masalalarni hal qilib olganini aytdi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

“Loyihani boşlaş uçun barça yuridik masalalar hal etilgan. Oldinda bizni odatiy kun tartibi kutmoqda: loyihani aniqlaştiriş, litsenziyalaş va birinçi beton – uni, umid qilamanki, bir yildan keyin yoki undan avvalroq quyamiz”, – dedi “Rosatom” rahbari.

“Agar emas, qaçonki Özbekiston rahbariyati katta AES mavzusiga qaytsa, bizda nafaqat bölajak obektlarning şakl-u şamoyili böyiça, balki şu yerda, Özbekistonda mahalliylaştiriş, mahalliy işlab çiqaruvçilar va katta kölamdagi işlarni öz içiga oluvçi moliyaviy va taşkiliy masalalarda ham tayyor takliflarimiz böladi”, – dedi Lixaçev.

Kam quvvatli AES qurilişi xalqaro hamkorlik şaklida amalga oşiriladi, “lekin tuşunarliki, yadroviy texnologiyalar, reaktor oroli Rossiyaniki böladi”, deya aniqlik kiritdi u.

Eslatib ötamiz, ötgan oy Lixaçevning birinçi örinbosari, “Atomstroyeksport” prezidenti Andrey Petrovning Özbekistonga taşrifi vaqtida ham yirik quvvatli AES masalasi kötarilgan edi. U “Özatom” direktori Azim Ahmadxöjayev bilan yirik AES quriş uçun joy tanlaş va loyihani texnik-iqtisodiy asoslaş masalalarini muhokama qilgan.

Şundan keyin Şavkat Mirziyoyev huzurida ötgan yiğilişlardan birida kiçik AES masalasidan taşqari, katta quvvatli AES qurişning texnik-iqtisodiy jihatlari va uni barpo etiş rejalari ham körib çiqilgandi