Nepal endi faqat mamlakatdagi 7 ming metrdan baland birorta toğni zabt etgan alpinistlarga Everestga çiqiş uçun ruxsat beradi. Hukumat şu orqali turistlar xavfsizligini ta’minlaşga urinmoqda, deb yozadi Reuters.

Bunga qadar Nepal rahbariyati tarjibasiz alpinistlarning ham balandligi 8,8 ming metrdan oşadigan Everestga kötarilişiga ruxsat berayotgani uçun tanqid qilingandi. Mamlakat daromadining katta qismini qoyaga çiqiş, trekking va turizmdan keladigan mablağlar taşkil etadi.

Köpinça «ölim zonasi»da — qoya ostidagi hududda uzundan-uzoq navbatlar yuzaga keladi. U yerda tabiiy kislorod yetişmasligi bois hududda uzoq vaqt qoliş hayot va soğliq uçun zararli. Har yili Everestda bir neça alpinist halok böladi.

Nepalda çiqiş mumkin bölgan 400 dan ortiq toğ mavjud. Ularning 74 tasi balandligi 7 ming metrdan oşadi. Ammo rasmiylarning sözlariga köra, uşbu çöqqilar alpinistlar orasida u qadar maşhur emas.

Everestga çiqişga qöyiladigan çeklovlarga oid qonun loyihasi parlament yuqori palatasida röyxatga olingan. Xalqaro ekspeditsiya faqat Nepaldagi emas, balki istalgan 7 ming metrdan baland çöqqi zabt etilganidan keyin Everestga yöl olişga ruxsat berilişini söramoqda.

Yanvar boşlarida Nepal hukumati xorijliklar uçun Everest çöqqisiga çiqiş tölovlarini oşirgandi. Yangi qoidalarga köra, çet elliklar uçun bahor mavsumida (mart—may) çöqqiga çiqiş uçun tölov 11 ming dollardan 15 ming dollarga, kuz mavsumida (sentabr—noyabr) 5,5 ming dollardan 7,5 ming dollarga, qişda (dekabr—fevral) va yomğirli mavsumda (iyun—avgust) — 2,75 ming dollardan 3,75 ming dollargaça kötarilgan.