London universitet kolleji olimlari sayyorani sovitiş uçun yangi samolyotlar yaratmasdan, mavjudlaridan ham foydalaniş mumkinligini aniqladi. Gap Quyoş nurini qaytarib, Yerdagi haroratni pasaytirişga xizmat qiladigan mayda zarralarni atmosferaga qöşiş usuli haqida ketmoqda. Tadqiqot natijalari Earth jurnalida çop etildi.
Oldinlari buning uçun aerozollarni juda yuqoriga — ekvator hududida qariyb 20 kilometr balandlikka olib çiqiş kerak deb hisoblanardi. Bu esa maxsus samolyotlarni yaratişni talab etadi.
Yangi tadqiqot natijalari esa agar zarralar Yer qutblariga yaqin hududda, masalan, Norvegiya yoki Alyaskada 13 kilometr balandlikka soçilsa, haroratning sezilarli darajada sovişiga erişiş mumkinligini körsatdi. Buning uçun esa oddiy Boeing 777F yuk taşuvçi samolyotlaridan ham foydalaniş mumkin.
Uşbu usul ekvator yaqinida nisbatan balandroqqa soçilgan zarralarçalik samara bermaydi. Aynan kutilgan natijani oliş uçun mazkur moddadan köproq, ya’ni dastlabki hisob-kitoblardan uç barobar köp foydalanişga töğri keladi. Bu esa kislotali yomğirlar kabi salbiy oqibatlarni yuzaga keltirişi ham mumkin. Şuningdek, bu kabi usul tropik mintaqalarni yaxşi sovitmaydi — mazkur hududlarda haroratning isiş oqibatlari eng oğir keçadi.
Şunga qaramay, olimlar iqlim özgarişiga qarşi kuraşning barça mavjud imkoniyatlarini örganib çiqmoqda. Mavjud samolyotlardan foydalaniş, uzoq yillar yangi texnika yaratilişini kutişdan oson va arzonga tuşar edi.
Tadqiqotda ta’kidlanişiça, uşbu usul baribir issiqxona gazlarini çiqarişni qisqartiriş zaruratining örnini egallamaydi. Global isiş muammosining haqiqiy yeçimi — bu uglerod izini kamaytirişga erişişdir.












