Polşada yuz bergan yöl-transport hodisasi oqibatida Norvegiyaning eng badavlat fuqarolaridan biri, baliqçilik sanoati magnati Vigner Lindal Olaysen halok böldi, deb xabar beradi RMF FM.

Qayd etilişiça, avariya Gura-Kalvariya va Kobel aholi punktlari örtasidagi 50-sonli trassada sodir bölgan. Içida 42 yoşli biznesmen bölgan Jaguar avtomobili noma’lum sabablarga köra, daraxtga urilgan.

Vigner Lindal Olaysen 1972 yilda otasi tomonidan asos solingan Nova Sea kompaniyasiga egalik qilib kelardi. Kompaniya losos baliğini yetiştiriş va qayta işlaşga ixtisoslaşgan. 2025 yil boşida Olaysen Nova Sea’ni losos yetiştiradigan dunyodagi eng katta kompaniya — Norvegiyaning Mowi konserniga qariyb 750 million dollarga sotgan edi.