AQŞ prezidenti Donald Tramp yangi prezident samolyoti uçun muqobil variantlarni körib çiqmoqda, boş pudratçi Boeing esa samolyotlarni yetkazib berişni keçiktirmoqda, deb yozdi The Wall Street Journal (WSJ) manbalarga tayanib.
Tramp birinçi prezidentlik davrida eskirgan Boeing 747 Air Force One örniga ikkita yangi samolyotni buyurgan edi. Buyurtma böyiça Boeing kompaniyasi 3,9 milliard dollarlik şartnomani yutib oldi.
Samolyotlar 2024 yilgaça tayyor bölişi kerak edi, biroq yetkazib beriş muddati birinçi samolyot uçun 2027 yilga, ikkinçisi uçun esa 2028 yilgaça surildi. Bu Tramp prezidentlik muddatining oxirgi yili hisoblanadi.
Boeing kompaniyasidan hafsalasi pir bölgan Tramp L3Harris kompaniyasiga Qatar hukumati tomonidan foydalanilgan Boeing 747 samolyotini ta’mirlaşni topşirdi, deb xabar berdi WSJ. Şu bilan birga, Boeing ikkita yangi samolyotni işlab çiqarişda davom etadi. Biroq, kompaniya murakkab dizayn muammolari tufayli yangi prezident samolyotlarini 2035 yilgaça yetkazib bera olmaydi, deya xabar berdi gazeta manbalari.
Saylovda ğalaba qozonganidan söng, Tramp Boeing rahbarlari bilan bir qator muzokaralarni ötkazdi. Fevral oyida prezident eski Boeing samolyotini qayta jihozlab, birinçi raqamli bort sifatida foydalanişi mumkinligini aytdi. Şu bilan birga, u Airbus kompaniyasi samolyotlarini sotib oliş imkoniyatini rad etdi, biroq boşqa xorij kompaniyasidan xarid qiliş mumkinligini tan oldi.
Boeing sönggi yillarda katta inqirozlarga duç kelmoqda. Kompaniya obrösiga özi işlab çiqargan fuqarolik avialaynerlaridagi nuqsonlar ham putur yetkazgan. Misol uçun, 2024 yil yanvarida Boeing 737 MAX 9 samolyotining eşigi uzilib tuşdi va salonda bosim pasayib ketdi. Boeing tekşiruvni boşladi va bu modeldagi samolyotlarning bir qismi vaqtinçalik foydalanişdan çiqarildi. Şuningdek, kompaniya mijozlari ham sifatsiz qismlar yetkazib berilayotganidan şikoyat qilişgan edi.

















