SSSR Ikkinçi jahon uruşini bevosita boşlagan bosqinçi davlat edi. Markaziy Osiyo xalqlari esa Yevropadagi qirğinbarotga majburan, öz erkiga zid ravişda tortilgan. Bu uruş zöravon sovet mafkurasini legitimlaştirib, milliy mustaqilligimizni bir neça ön yilga keçiktirdi. Şu ma’noda, Özbekiston uçun 9 may – uruşda halok bölgan yarim million vatandoşni xotirlaş va bugungi tinçlikni qadrlaş kuni.
Har yili 9 may yaqinlaşaverişi bilan post-sovet mintaqasidagi mustaqil davlatlarda, Markaziy Osiyo respublikalarida, jumladan Özbekistonda ham fikrlar va qaraşlar töqnaşuvini kuzatiş mumkin.
Biz uzoq muddat sobiq SSSRning tarkibida böldik. 1945 yildan to 1991 yilga qadar 9 may – katta bayram edi. SSSRning dunyo hokimiyatiga çiqiş bayrami edi. SSSR va uning tarafdorlari uçun eng muhim voqea va bayram edi. Boşqalar ustidan qozonilgan ğalaba, va SSSRni jipslaştirgan xodisa edi.
Biroq, Özbekiston mustaqil bölgaç, barça voqea va xodisalarga aynan mustaqillik prizmasi orqali qaraş, har bir özbekistonlik va özbekning nigohi, erki va qadr-qimmati nuqtai nazaridan qaraş kerak edi. Şuning uçun ham Özbekiston, köplab davlatlar qatori, 9 mayga özining konseptual qaraşini özgartirdi, aniqroği, öz munosabatini tarixiy jarayonlarga nisbatan adolatli va xolis şakllantirdi. Xöş, bu qanday munosabat?
Birinçidan, Ikkinçi jahon uruşi – bu Özbekistonning, özbeklarning uruşi emas edi. Biz öz erkimizga zid ravişda, birinçi va ikkinçi jahon uruşlariga majburan tortildik. Sababi, Çor Rossiyasi va keyinroq SSSR tomonidan mustamlaka qilingan edik. Yevropadagi qudratli davlatlar va imperiyalar örtasida paydo bölgan uruşga, ularning mustamlakalari ham tortilaverdi.
Ikkinçi jahon uruşini ikki totalitar davlat, Gitler Germaniyasi va Stalin SSSRi özaro til biriktirib boşlagan edi. Ular 1939 yilda Polşani bölib olgan, Yevropada özaro ta’sir doiralarini kelişib olgan. Biroq, bu totalitar davlatlarning ertami-keçmi özaro uruşi muqarrar edi. Şunday böldi ham. Gitler Germaniyasi SSSRga ham bostirib kirdi. Ya’ni, aslida bu uruşda SSSR begunoh va beayb emasdi, u uruşni bevosita boşlagan davlatlardan biri, ya’ni özi ham bosqinçi edi.
Ikkinçidan, Ikkinçi jahon uruşi bizning mustaqilligimizni ança ortga surdi. 1917 yilda Rossiya hokimiyatiga bolşeviklar kelgaç, ular Turkistonni parçalab, özbeklarni va boşqa mahalliy xalqlarni agressiv assimilyatsiya qiliş siyosatini boşladi. Bunga javoban turkistonlik, özbekistonlik ajdodlarimiz öz erki, milliy va diniy özligi uçun kuraşga otlanişdi. Bolşeviklar, sovetlar bu qarşilik qilgan ajdodlarimizni “bosmaçilar” deya, yomonotliq qilişga urinişdi. Bu qarşilik harakati uruş boşlangan 1941 yilga qadar davom etdi. Bu vaqtda Özbekiston xalqining Moskvaga, SSSRga nisbatan begonalaşuv darajasi yuqori edi. Ikkinçi jahon uruşi sabab, özbeklar, mahalliy xalqlar katta balo kelganda kiçikroq baloga bölgan e’tiborni pasaytirişdi. Gitler Germaniyasiga qarşi turiş va kuraşiş uçun, ajdodlarimiz öz jonlari, mollari va mehnatlari bilan iştirok etişdi.












