5–7 may kunlari Özbekiston hududi böyiça quruq va issiq ob-havo saqlanib turadi, deya xabar bermoqda Özgidromet.
Duşanbadan çorşanbagaça havo kunduz kunlari +35…+38 darajagaça, janubda va çöl hududlarda +40 darajagaça isiydi.
«Bu may oyi boşi uçun kuzatilgan iqlim me’yoridan sezilarli darajada yuqoridir. Bunday harorat yoz mavsumi uçun köproq xosdir», – deya ta’kidlaydi sinoptiklar.
8 maydan harorat biroz pasayişi boşlanadi va 9 may kuni harorat +27…+32 darajani taşkil etadi.
8 mayda Qoraqalpoğiston Respublikasi böyiça ba’zi joylarda, 9 mayda markaziy va şarqiy viloyatlarda ayrim joylarda qisqa muddatli yomğir yoğişi, momaqaldiroq kuzatilişi mumkin.
5–7 mayda şimolda va çöl hududlarda, 8–9 mayda respublika böyiça ba’zi joylarda şamol tezligi 13–18 metr/soniyagaça kuçayişi kutilmoqda, ayrim joylarda şamol tezligi 20–22 metr/soniyagaça kuçayişi, çang tözonlar bilan kuzatilişi mumkin.
Toşkent şahrida 5−8 may kunlari yoğingarçilik kutilmaydi. Harorat asosan +33…+36 daraja, 7 mayda +36…+38 daraja böladi. 9 mayda qisqa muddatli yomğir yoğişi, momaqaldiroq kuzatilişi mumkin. Harorat +27…+30 darajagaça pasayadi.












