AQŞ prezidenti Donald Tramp uçinçi prezidentlik muddatiga nomzodini qöyiş imkoniyatini körib çiqayotgani haqidagi ma’lumotni rad etdi. NBC telekanaliga bergan intervyusida u özining ehtimoliy vorislarini, jumladan, vitse-prezident Jyey Di Vens va davlat kotibi Marko Rubio nomzodlarini sanab ötdi. Tramp, şuningdek, özi joriy qilgan import bojlarining oqibatlari va Ukrainadagi uruşni töxtatiş böyiça sa’y-harakatlari haqida gapirdi.
«Men „sakkiz yillik“, „ikki muddatli“ prezident bölaman. Men har doim buni juda muhim deb hisoblaganman», – degan Tramp NBC telekompaniyasi jurnalisti Kristen Uelkerga bergan intervyusida.
Hozirda 78 yoşda bölgan Tramp bungaça AQŞ prezidenti lavozimida uçinçi yoki hatto törtinçi muddat qolmoqçi ekani haqida «hazillaşmayotgani»ni aytgandi.
Biroq, keyinçalik u öz bayonotlari orqali «soxta yangiliklar saytlari»ni troll qilişni maqsad qilganini aytib çiqqandi.
Juma kuni özining Floridadagi qarorgohida yozib olingan intervyusida Tramp ikkinçi muddat tugagandan söng prezidentlik lavozimida qoliş imkoniyatini körib çiqişni söragan odamlardan köplab «iltimoslar» bölganini aytib ötdi.
«Qançadan qança odamlar şunday qilişimni xohlaşadi. Ammo bu men qilmoqçi bölgan iş emas. Men buni qilmayman», – degan Tramp hamda prezident sifatida «tört ajoyib yil» bölişini va keyin hokimiyatni boşqaga – «ideal holda buyuk respublikaçi»ga topşirişni rejalaştirayotganini qöşimça qildi.
Make America Great Again («Amerikani yana buyuk qilamiz») siyosiy harakatining kelajagi haqidagi savolga prezident harakat boşqaruvini öz qöliga olişi mumkin bölgan odamlarning «katta» guruhi borligini aytdi. Ular qatorida u AQŞ davlat kotibi Marko Rubio va vitse-prezident Jyey Di Vens nomlarini keltirdi. «Men hozir şu yerda ötirgan holda 10, 15, 20 kişini aytişim mumkin», dedi Tramp özining vorisi sifatida kimni körişi haqidagi savolga töğridan töğri javob berişdan qoçgan holda.
«Jyeyms Di juda yaxşi işlaydi. U ajoyib. Marko ajoyib iş qilmoqda», – dedi Tramp.
Trampning uçinçi muddatga saylaniş istagi haqidagi gap-sözlar Trump Organization kompaniyasi aprel oyida Trump 2028 logotipi tuşirilgan qizil kepkalar sota boşlaganidan söng avj olgandi. «Kelajak porloq körinyapti! Trump 2028 kepkalari bilan qoidalarni qayta yozing», deyilgan mahsulot tavsifida.
AQŞ konstitutsiyasiga köra, Oq uyda ikkinçi prezidentlik muddatini ötayotgan Tramp uçinçi muddatga saylaniş huquqiga ega emas.













