Amerikaning OpenAI kompaniyasi notijorat taşkilot boşqaruvi ostida qolişini ma’lum qildi.

Kompaniya rahbari Sem Altmanning xodimlarga yöllagan xatida qayd etilişiça, OpenAI notijoriy mas’uliyati çeklangan jamiyatdan jamoatçilik manfaatlarini ta’minlaş böyiça korporatsiyaga aylantiriladi.

«Fuqarolik jamiyati yetakçilarining fikrini tinglab, Kaliforniya va Delaver ştatlari boş prokurorlari idoralari bilan muzokaralar olib borgaç, notijoriy taşkilot ustidan nazoratni saqlab qoliş qaroriga keldik. Microsoft va yangi tayinlangan notijoriy taşkilotlar komissiyasi a’zolari hamda yuqoridagi idoralar bilan keyingi muzokaralar davomida uşbu rejaning tafsilotlarini işlab çiqişni intiqlik bilan kutmoqdamiz», — deyiladi Sem Altman xatida.

Oldinroq kompaniya xodimlarni saqlab qoliş va yangi investorlarni jalb qiliş uçun öz tuzilmasini tijoriy boşqaruvga özgartirişni rejalaştirayotganini e’lon qilgandi.

Ma’lumot uçun, OpenAI 2015 yilda taşkil etilgan bölib, sun’iy intellekt texnologiyalari sohasida dunyodagi yetakçi kompaniyalardan biridir. U vaqtda kompaniyaning ikki raisi bor edi — Ilon Mask va Sem Altman. Kompaniya «sun’iy intellekt sohasida notijoriy va insoniyatga foyda keltiradigan tadqiqotlar bilan şuğullanişi» belgilangan. Ammo 2018 yilda Mask tijoriy faoliyatga ötganidan norozi bölib, kompaniyani tark etgan.

Avvalroq ChatGPT çatbotini taqdim etgan OpenAI kompaniyasi Twitterʼga öxşaş özining ijtimoiy tarmoğini yaratiş ustida iş olib borayotgani töğrisida xabar berilgandi.