Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kolumbiyada 6 ta maymunni bojxonadan ishtonlariga yashirib olib o‘tishga uringan shaxslar ushlandi
Maymunlar tinchlantiruvchi dori vositalari ta’sirida bo‘lgan. Ularda suvsizlanish, to‘yib ovqatlanmaslik va shafqatsizlarcha munosabatga uchraganlik belgilari aniqlangan.
Kolumbiyada oltita maymun bolasini ichki kiyimlari orasiga yashirgan holda mamlakatdan olib chiqishga uringan shaxslar qo‘lga olindi, deb xabar beradi Daily Star.
Qayd etilishicha, 3 may kuni Xose Mariya Kordova nomidagi aeroport xavfsizlik xizmati xodimlari tekshiruv vaqtida noqonuniy ravishda hayvonlarni olib chiqmoqchi bo‘lgan erkak va ayolni payqab qolgan.
Ularning yonidan ikkita kaputsin va yo‘qolib ketish xavfi ostida bo‘lgan to‘rtta tamarin topilgan. Hayvonlar tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish va reabilitatsiya qilish uchun zudlik bilan Korner markaziga olib borilgan.
Kolumbiya rasmiylarining ma’lumotlariga ko‘ra, maymunlar tinchlantiruvchi dori vositalari ta’sirida bo‘lgan. Ularda suvsizlanish, to‘yib ovqatlanmaslik va shafqatsizlarcha munosabatga uchraganlik belgilari aniqlangan. Primatlar mato qoplarga o‘ralib, oyoqlar orasiga yashirilgan — bu esa ularning ahvolini yanada yomonlashtirgan.
Qaysi millatga mansubligi oshkor etilmagan juftlik Dominikanga uchishi kerak bo‘lgan. Ular hayvonlarga shafqatsiz munosabatda bo‘lish, yovvoyi turlar savdosi va tabiiy resurslardan noqonuniy foydalanishda ayblanmoqda.
«Fauna erkinlikda qolishi kerak. Biz bunday jinoyatlar soni oshishiga yo‘l qo‘ymaymiz», — deydi Cornare tabiatni muhofaza qilish tashkiloti direktori Xaver Valensiya Gonsales.
Mavzuga oid
19:54 / 28.04.2026
AQSh zarbxonasida Kolumbiya kartellariga tegishli oltin topildi
08:46 / 24.03.2026
Kolumbiyada harbiy samolyot quladi
10:55 / 04.02.2026
Kolumbiya prezidenti Petro Oq uyda Tramp bilan uchrashdi
20:46 / 08.01.2026