Yevrokomissiya Yevropa Ittifoqiga Rossiya neftni çeklovlarni çetlab ötib eksport qiladigan «soyadagi floti»ga qarşi yangi sanksiyalar joriy etişni taklif qilmoqçi. Şu tariqa, Yevropa Ittifoqi Ukrainada davom etayotgan uruş kontekstida Kremlga bosimni kuçaytirişga umid qilmoqda, deb yozdi Bloomberg 6 may, seşanba kuni.

Xabardor manbalarning aytişiça, taklif qilinayotgan sanksiyalar Rossiyaning «soyadagi floti» tarkibiga kiruvçi 60 nafar jismoniy va yuridik şaxslarga, şuningdek, yana 150 ta kemaga taalluqlidir. Şunday qilib, çeklovlar ostidagi tankerlarning umumiy soni 300 dan oşadi.

Yevropa Ittifoqi taşqi işlar vazirlari 20 may kuni Bryusselda bölib ötadigan yiğilişda komissiya taklifini körib çiqmoqçi, deb xabar bermoqda Bloomberg. Agar taşqi işlar vazirlari tomonidan ma’qullansa, yangi çora-tadbirlar Yevropa Ittifoqining 2022 yil 22 fevraldan boşlab Rossiyaga nisbatan joriy etadigan 17-sanksiya paketiga aylanadi.