«Ta’lim sifatini ta’minlaş va ta’lim xizmatlari körsatiş tizimini takomillaştiriş böyiça qöşimça çora-tadbirlar töğrisida»gi prezident farmoni qabul qilindi.

Hujjatga köra, 2025/2026-öquv yilidan boşlab ta’limning sirtqi şakliga qabul tugatilib, kunduzgi ta’limdan boşqa muqobil ta’lim şakllari böyiça qabul kvotalari bosqiçma-bosqiç oşirib boriladi.

Şuningdek:

  • oliy ta’lim taşkilotlarining muqobil ta’lim şakllari böyiça umumiy qabul kvotasini kunduzgi ta’lim şakli qabul natijasining 50 foizidan oşirişga yöl qöyilmaydi;
  • magistratura bosqiçida muqobil ta’lim şakllari asosida ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlaşga ruxsat beriladi;
  • oliy ta’lim taşkilotlarida muqobil ta’limning kredit-modul tizimiga asoslangan maqbullaştirilgan kunduzgi ta’lim şakli (part-time education) böyiça öqitişni yölga qöyişga ruxsat beriladi;
  • muqobil ta’lim şakllariga talabalarni belgilangan me’yordan ortiqça qabul qiliş litsenziya talab va şartlarini qöpol ravişda buziş deb baholanadi hamda litsenziyani bekor qiliş uçun asos hisoblanadi.

Şuningdek, har bir ta’lim taşkiloti tarkibida içki ta’lim sifati auditini amalga oşirişga mas’ul içki ta’lim sifati nazorati bölimlari taşkil etiladi.