Tajriba sinovi. «Barsa» nega yarimfinaldan ötolmadi?
|23:36 / 07.05.202516 70913 min
Bu mavsumda «Barselona» yutqazganida avvalo, öziga yutqazmoqda.
Foto: Carl Recine/Getty ImagesFoto: Carl Recine/Getty Images
Çempionlar Ligasining asosiy favoriti sifatida tilga olib kelingan Hansi Flik jamoasi qanday omillar sabab eng muhim pallada pand yedi? «Inter» haqida hali finalda ham gaplaşiş imkoniyati bölişidan kelib çiqqan holda, keling, keçagi öyinga «Barselona» rakursidan qarab çiqsak.
QANOTSIZ «BARSeLONA»
Jyerar Martin ikki assist, Garsiya gol muallifi bölganidan söng «Barselona»ning qanot himoyaçilari haqida tanqidiy fikr aytiş mumkin emasdek, ammo strukturaviy tomondan jamoa hujumlari taşkil qilinişida asosiy qanot himoyaçilari – Kunde va Baldening yöqligi bilindi.
Zamonaviy futbolda laterallar töp bilan ham, töpsiz harakatlar orqali ham hujum kartinasini yaratişda, hujumçilarga böş hududlar oçişda muhim figura sanaladi. «Barselona»da Kunde va Baldening öziga xos roli bor ediki, aynan ular bilan tandemda Rafinya va Yamalning eng zör öyinlarini körayotgandik.
Yamal «Inter»ga qarşi ikki uçraşuvda ham eng faol öyinçi bölgani sir emas. Aslida Yamal doim faol, ammo bir muhim farq bor: «Inter»ga qarşi keçgan 210 daqiqalikda Yamal 16 marta raqib darvozasiga zarba bergan – örtaça har 13 daqiqada 1 zarba. Yamalning Kunde bilan birga tuşgan öyinlarini alohida olsak, La Ligada bu körsatkiç har 22 daqiqada 1 zarba, Çempionlar Ligasida esa har 24 daqiqada 1 zarbaga teng.
Bu şuni anglatadiki, Kunde doim hujumda qöşimça variant sifatida Yamalni qöllab-quvvatlab kelgan. Vaziyat qiyinlaşganda Yamalda doim Kundega töpni yetkazib beriş va özi uçun qulayroq pozitsiyaga ötib, qaytarib oliş imkoniyati bor edi. Juftlik bu jihatdan öz vaqtidagi Ronaldu- Marselo tandemini eslatib yuborayotgandi.
Kundesiz Yamal juda köp marta noqulay nuqtalarda ham zarba berişga yoki majburiy driblingga qöl urişiga töğri keldi, qulay pozitsiyaga çiqiş imkoniyati qiyinlaşib ketdi. «Inter»ga qarşi birinçi öyinda Yamal gol urganidan köp ötmay Kunde jarohat olib maydondan çiqib ketdi va şundan söng yoş futbolçi boşqa gol ham, assist ham amalga oşira olmadi.
«Barselona» qançalik Yamal orqali öynaşga urinmasin, Yamal ham «Inter» bilan qarama-qarşilikda özining eng yaxşi öyinini körsatgan bölmasin, Kundening yöqligi sezildi. Yamal odatdagidan ança kam holatlarda qulay nuqtalarda töp bilan uçraşdi.
Baldening örni esa imkon qadar qanotni kengaytiriş orqali, yarimçapqanotda Rafinyaga hududlar oçiş bilan boğliq. Ötgan mavsumlarda haqiqiy vinger sifatida öynagan va u qadar muvaffaqiyat qozonmagan Rafinyaning «Oltin töp»ga da’vogarlar qatoriga qöşilişida aynan mana şu pozitsiya muhim – braziliyalik hujumçi markazga yaqinroqda töp surganda qulay vaziyatlarga çiqadi. Jyerar Martin 2-bölimda faollaşgan bölsa-da, «Barselona»ga mavsum davomida juda sermahsul bölişiga zamin yaratgan hujum strukturalari köngildagidek işlamadi. Flikning xavfli vaziyatlar generatoriga aylanib ketgan formulalari işlamagani, natijada hujum taşkil qilişda futbolçilarning kreativ mahoratiga tayanib qolinganining sababi ham mana şu çiziqlardagi optimal tarkib a’zosi bölgan futbolçilar jarohatlangani böldi, deyiş mumkin.
Mavzuga oid
KUÇLAR TAQSIMOTI
«Inter» Yevropada örtaça yoşi eng katta jamoa hisoblanadi, «Barselona» esa aksinça. Bir qaraganda, jismoniy tomondan hal qiluvçi omillardan bölişi kerakdek. Rostan ham agar ikki öyin umumiy vaqtini oladigan bölsak, «Barselona» faolroq bölgan, köproq hujum qilgan daqiqalar köp. Ammo bir jihatni e’tiborga oliş kerak.
Salkam 220 daqiqa davom etgan bu töqnaşuvning qariyb yarmida, jami 100 daqiqa vaqt davomida «Inter» hisobda oldinda bordi. «Barselona» özi qoniqtiradigan hisobga faqat 5 daqiqa, ikkinçi öyinning 87-92 daqiqalarida ega böldi, xolos.
Hisobni saqlaş uçun öynaş esa doim ta’qib qiluvçidan köra kamroq kuç talab qiladi. Sababi, «Inter» butun jamoa bölib himoyalanayotganda yuklama futbolçilar örtasida teng taqsimlanadi. Har bir futbolçidan nisbatan öxşaş vazifalarni bajariş talab etiladi va tabiiyki, bu ssenariyda jamoa jismoniy holatini nazorat qiliş, almaştirişlar orqali yordam beriş osonroq. Mxitaryan çarçadimi, örniga istalgan futbolçi tuşib, belgilangan vazifani öşa darajada amalga oşira oladi.
«Barselona»ning holati boşqaça. Ta’qib qilayotgan jamoada yuklamaning asosiy qismi hujumdagi yetakçi futbolçilarga tuşadi. Yamal, Rafinya, Pedri, Olmo kabi futbolçilar qiladigan yumuşlarni hamma ham qilavermaydi. Demak, ham bu futbolçilar öyinning har fazasida faol bölişlari lozim, ham ularni sifatni tuşirmagan holatda almaştirişning imkoni yöq.
Qöşimça bölimlarning birinçisida «Barselona» raqib darvozasiga birorta ham zarba bera olmadi. Qiziği, şunga öxşaş ssenariyda yaqinda Ispaniya kubogi finalida «Real»ga qarşi keçgan öyinning qöşimça bölimlarining birinçisida «Barselona»da atigi 1 ta zarba bölgandi, xolos. Ya’ni «Barselona»ning ba’zi yetakçilari yelkasida haddan ziyod yuklama borligi va bu butun mavsum davom etib kelayotgani öz sözini aytmay qolmasdi. Tabiiyki, Pedrining işini Gavi, Olmoning işini Fermin ayni öşa darajada qila olişmaydi, natijada öyin sifati tuşayotganini guvohi bölyapmiz.
Ha, yetakçi futbolçilar har bir jamoada bor, «Inter» ham aslida şunday, ammo yuqorida aytganimizdek, öyinning borişi, tablodagi hisobning qoniqarsiz bölişi mavjud muammoni yanada namoyon qiladi. «Inter»ning jismoniy holat böyiça muammolari yanada köproq, agar «Barselona» ikki töp farqi bilan oldinda borganda, öyin öşa zahoti tugaşi ham mumkin edi.
Öyin masalasini ham şu omil hal qildi deyiş mumkin – «Inter» özining faol daqiqalaridan unumliroq foydalandi va aynan «Inter»ning mehnati evaziga har ikki uçraşuvda ham hosil bölgan ssenariy yordamida öziga komfort zona yaratib oldi.
TAJRIBA
Aslida Flikning bir mavsumdagi murabbiylik işini a’loga baholaş mumkin. Muvaffaqiyatsiz keçgan mavsumdan söng, aytarli transferlarsiz bu qadar ösiş, Qirollik kubogi va Ispaniya çempionligida peşqadamlik – yaxşi natija. Flik mavjud resurslardan unumli foydalandi, ba’zi futbolçilar ösdi, yoşlar orasida nomlar paydo böldi. Bu işlarning hammasi yana Yevropada eng yaxşi futbol namoyiş qilgan holda, Çempionlar Ligasi finaliga beş daqiqa masofaga yetib kelgan holda amalga oşiriş zör iş. Qaysidir ma’noda Gvardiolaning 2009 yildagi debyut mavsumiga ham qiyoslasa böladi. Bir farq bor.
Ön beş yil oldin Gvardiola tarkibida mavjud bölgan bir xususiyat hozirgi «Barselona»ga yetişmadi – tajriba. 2009 yildagi tarkibda Messi, Iniyesta, Pike, Buskets kabi yoşlar bilan bir qatorda Anri, Puyol, Xavi, EtöO kabi Yevropa çempionati hamda Çempionlar Ligasi finallarida öynagan, maydonda yetarliça tajribaga ega bölgan futbolçilar ham bor edi. Flik ixtiyoridagi tarkibda faqat Robert Levandovski va Frenki de Yongni öşa talabga javob beradi, deyiş mumkin. Buning ustiga polşalik hujumçi eng kerakli paytda yaxşi sport formasida emasdi.
Futbol öynaş, gol uriş kerak bölganda «Barselona»da muammo yöq, butun mavsum kambeklarga töla, göyoki bu yigitlar amalga oşira olmaydigan yumuş yöqdek. Ammo safar öyinida ğalabali hisobni beş daqiqa saqlab turiş ança oson vazifa bölsa-da, ma’lum qobiliyat, tajriba talab qiladi. Vaziyatga pragmatik yondaşuv, öyin hovurini pasaytiriş xususiyati maydondagi futbolçilarda yetişmadi.
Açerbi gol urgan pallada «Inter»ning 4 futbolçisiga qarşi «Barselona»ning 4 futbolçisi qolganini köriş mumkin. Çempionlar Ligasi darajasidagi turnirning yarimfinali uçun keçirilmas holat.
INDIVIDUAL QAHRAMONLIK VA XATOLAR
Bularning hammasi sodir bölgan taqdirda ham «Barselona» finalga çiqişi va bu har kim tomonidan adolatli yakun sifatida qabul qilinişi mumkin edi, albatta. Agar har qanday buyuk uçraşuvlarda bölgani singari qahramon va antiqahramonlar bölmasa.
Lamin Yamal öyin uçun salkam 9 ballga loyiq körildi – birorta gol va assist amalga oşirmagan va mağlub bölgan futbolçining bu qadar katta baho olişi deyarli kuzatilmaydi. 17 yoşli vunderkindda 14 ta muvaffaqiyatli dribling, darvoza sohasiga töğri borgan 5 ta zarba bor. Raqib maydonida 100 dan ortiq marta töpga tegindi – öynagan barça futbolçilar içida eng yaxşi körsatkiç. Bu bir tomondan, Yamalning zör öyin körsatganini isbotlasa, ikkinçi tomondan, Olmo, Torres kabi futbolçilardan yetarliça quvvatlov bölmagani, Pedri, de Yong, Rafinya ham eng yaxşi öyinini körsata olmagani bilan izohlanadi.
Albatta, yakunda Yamalning öyin qahramoni bölmaganida Yan Zommerning xizmati katta. Uçta gol qöyib yuborganiga qaramasdan u öyinning eng yaxşi öyinçisi deb topildi, 7 zarbani qaytarib, jamoasini 4 marta muqarrar goldan qutqarib qoldi.
Denzel Dumfris esa umuman ikki uçraşuv böyiça asosiy figura: niderlandiyalik himoyaçi «Inter»ning 7 golidan beştasida bevosita iştirok etdi. Şundoq ham Dumfris hujumda faol va gol+pas böyiça Yevropada eng yaxşi körsatkiçni qayd etgan himoyaçi sanaladi, ammo şundayam «Barselona»ga qarşi ikki öyinda 5 oçko töplaş (2 gol va 3 assist) juda köp. Indzagi Martines, Tyuram kabi hujumçilarning köngildagidek sport formasida emasligidan kelib çiqib, urğuni Dumfris qanotiga qaratda va adaşmadi. Eng qiziği, Denzel mana şu ikki öyin davomida hammasi bölib 15 marta aniq uzatma amalga oşirgan, xolos. 15 aniq uzatma, 3 assist, 2 gol.
Şu örinda «Barselona» tarkibida öz darajasida öynay olmagan futbolçilardan taşqari, yaqqol yomon öyin körsatgan nomlarni ham aytib ötiş kerak. Pau Kubarsi jarima maydoni içida penaltiga sabab bölgan qöpollikni amalga oşirgan bölsa, öyin oxirida yangi kuçlarni töxtatiş uçun tuşirilgan Ronald Arauxo ikkala golda ham doğda qoldirildi.
Urugvaylik himoyaçi avvaliga yaxşiroq pozitsiyada turganiga qaramasdan töp uçun kuraşda Açerbini ötkazib yuborgan bölsa, hal qiluvçi gol urilişidan oldin Tyuramning bemalol jarima maydoni yaqinida harakatlanib, töpni Torimiyga yetkazib berişiga yöl qöydi.
«BARSeLONA» YaNA QAYTADI
Çempionlar Ligasi şunday musobaqa. Siz tarixdagi eng kuçli jamoani soatdek işlaydigan holatga keltiring, baribir şunday palla böladiki, taqdiringizni yozayotgan qalam muallaq holda tasodiflarga böysunişni boşlaydi, juda mayda detallar ham hal qiluvçi maqomga çiqib, tuzatib bölmas oqibatlar yaratadi. «Barselona»ga yana yuz marta imkoniyat berilsa, «Inter»ga qarşi har safar öşa beş daqiqalikni munosib ötkazişi mumkin, ammo keça yuz birinçi ehtimol sodir böldi.
Milliy çempionatlar, liga formatidagi kuraşlar jamoalar kuçiga, imkoniyatlariga baho beruvçi asosiy ölçov, bunga şubha yöq, ammo futbolda oçko, turnir jadvali kabi tuşunçalar yoniga final, pley-off kabi formatlarni öylab topgan insonlarni har qança «sumalakka töydirsak» arziydi. Aynan mana şunday öyinlar muxlislarga unutilmas hissiyotlarni taqdim etadi.
Flik boşqaruvidagi «Barselona» uçun bu dastlabki uriniş. Umid qilamizki, kelasi mavsumda jamoa yanada kuçliroq, tajribaliroq bölib qaytadi. «Inter» esa katta ehtimol bilan, kelasi mavsumni bu tarkib, bu ijroçilar bilan ötkazmaydi. Şu tomondan ham «Inter» finalga çiqqani, ikki yil oldin boşlanmay tugab qolgan finalda çala qolgan sözlarini aytib oliş uçun imkoniyatga ega bölgani adolatdandir?
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi