Payşanba kuni Özbekiston hududiga nisbatan salqin va biroz nam havo massalari kirib kelişi boşlanadi, deya xabar bermoqda Özgidromet.

8 may kuni Qoraqalpoğiston Respublikasida ba’zi joylarda, kunning ikkinçi yarmida esa markaziy viloyatlarda va Farğona vodiysida ayrim joylarda qisqa muddatli yomğir yoğişi, momaqaldiroq kuzatilişi mumkin.

Kunduzgi havo harorati çorşanba kuniga nisbatan 3–4 darajaga past – +32…+35 daraja, şimolda +25…+28 daraja atrofida böladi.

9 may kuni harorat pasayişi davom etadi, kunduz kunlari harorat +27…+30 daraja, janubda va çöl hududlarda +32…+35 daraja atrofida böladi. Keçasi va ertalab markaziy viloyatlarda, kunning ikkinçi yarmida Farğona vodiysida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomğir yoğadi, momaqaldiroq kuzatiladi. Respublikaning qolgan hududlarida yoğingarçilik kutilmaydi, ayrim toğli hududlarda kuçli yomğir yoğişi mumkin.

10–11 may kunlari respublikada yoğingarçilik kutilmaydi. Harorat asosan +30…+35 daraja böladi. Respublika böyiça ba’zi joylarda şamol tezligi 13–18 metr/sekundgaça kuçayadi, ayrim joylarda çang-tözonlar bilan kuzatiladi.

Toğoldi va toğli hududlarda 8–11 may kunlari vaqti-vaqti bilan yomğir yoğadi, momaqaldiroq bölişi, respublikaning toğoldi va toğli hududlarida sel-suv toşqin hodisalari yuzaga kelişi mumkin.

Toşkent şahrida 8 may kuni kunduzi yoğingarçilik kutilmaydi. Harorat +31…+33 daraja böladi. Keçga tomon, şuningdek, 9 mayda keçasi va ertalab biroz qisqa muddatli yomğir yoğişi, momaqaldiroq kuzatilişi mumkin. 10–11 may kunlari yoğingarçilik kutilmaydi. Harorat 9 may kuni +28…+30 daraja, 10–11 may kunlari +31…+33 daraja böladi.