“Yangi Özbekiston” universitetida hozirda quyidagi mutaxassisliklarda öqişga arizalar qabul qilinmoqda:

Bir yillik magistratura mutaxassisliklari:

- Sun’iy intellekt va maşinalarni örganiş;

- Loyiha boşqaruvi;

- Amaliy tilşunoslik va TeSOL.

Ikki yillik magistratura mutaxassisliklari:

- Iqtisodiyot va ma’lumotlar tahlili;

- Amaliy informatika;

- Sanoat boşqaruvi – innovatsiya va biznesni rivojlantiriş;

- Zamonaviy fizika;

- Mexanika muhandisligi;

- Radioelektron qurilmalar va tizimlar;

- Barqaror kimyo muhandisligi va materiallar.

Öqişga arizalar qabuli bir yillik magistratura mutaxassisliklari uçun 5 sentabrgaça, ikki yillik mutaxassisliklar uçun esa 15 avgustga qadar davom etadi.

Talabgorlardan bakalavr diplomi, ingliz tilini biliş darajasini tasdiqlovçi sertifikat va kiriş imtihonini muvaffaqiyatli topşiriş talab etiladi. Agar siz ingliz tilidan sertifikat yoki bakalavr diplomini hali olmagan bölsangiz ham hozir öqişga ariza topşirişingiz mumkin. Faqat diplom va sertifikatingiz nusxasini 5 sentabrga qadar platformaga yuklaşingiz kerak böladi.

Zamonaviy fizika, Mexanika muhandisligi, Radioelektron qurilmalar va tizimlar hamda Barqaror kimyo muhandisligi va materiallar mutaxassisliklari uçun talabgorlar ingliz tilini minimum IELTS 5,5, qolgan yönalişlar uçun esa minimum IELTS 6 darajasida bilişi talab etiladi.

Bir yillik magistratura mutaxassisliklari uçun kiriş imtihoni ötkazilmaydi. Ikki yillik mutaxassisliklar uçun imtihon har bir mutaxassislik uçun turli fanlardan ötkaziladi.

Universitetda darslar dunyoning eng yuqori örinlarda turuvçi oliygohlarida öqigan va işlagan professor-öqituvçilar tomonidan olib boriladi.

“Yangi Özbekiston” universiteti davlat oliy ta’lim muassasasi bölganligi uçun magistraturaga qabul qilingan ayol-qizlarning kontrakt narxlari töliq qoplab beriladi. Şuningdek, universitet tomonidan ikki yillik magistratura mutaxassisliklariga öqişga qabul qilingan talabalar uçun 100%, 70% va 50% miqdoridagi bir yillik grantlar ajratiladi.